Kapitalizm
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kapitalizm ishlab chiqarish vositalari xususiylashtirilgan va daromad uchun ishlaydigan hamda narx-navoni bozor iqtisodiyoti belgilaydigan iqtisodiy tizimdir. Dunyoda hozir to‘liq kapitalistik iqtisodiyotli tizim yo‘q, barcha mavjud tizimlar aralashdir; lekin ko‘p tizimlarda bozor iqtisodiyoti asosiy rol o‘ynaganligi uchun, kapitalizm atamasini ularga nisbatan qo‘llashadi.