Oʻzbekcha Vikipediya
| Vikipediya | |
![]() |
|
| Web-manzil | uz.wikipedia.org |
|---|---|
| Interviki | Bosh sahifa |
| Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
| Asos solingan sana | 21-dekabr, 2003 |
| Asoschi | |
| Maqolalar soni | 124,844 |
| Viki-mexanizm | Wikimedia |
| Litsenziya | erkin |
| Reklama | yoʻq |
Oʻzbekcha Vikipediya — Vikipediyaning oʻzbek tilidagi versiyasi. Oʻzbek Vikipediyasi 2003-yil dekabrda oʻz ishini boshlagan. Bu Vikipediya 2006-yil may oylaridan boshlab rivojlana boshladi. Ayni vaqtda oʻzbek Vikipediyasida 124,844 ta maqola mavjud.
Hozirda oʻzbek Vikipediyasi Oʻzbekiston hududida toʻsilgan,[1][2][3] HTTPS-ulanish orqaligina kirish mumkin. Toʻsilish sababi maʼlum emas, lekin baʼzilar Oʻzbekiston hukumati ensikopediyada davlatni tanqid qiladigan maqolalar yozilishini oldini olish uchun toʻsib qoʻygan deb aytishmoqda.[4] Oʻzbekistonda Internetdan foydalanish keskin cheklangan.[5] Ozodlik Radiosi kabi yangilik beruvchi saytlar ham toʻsilgan.
2012-yil statistikasiga binoan Oʻzbekiston internet-foydalanuvchilarining 79,4% ruscha, 14,9% inglizcha, 0,6% olmoncha, 0,3% fransuzcha, 0,2% turkcha Vikipediyalarga kirishadi;[6] Oʻzbekcha Vikipediyaga kiradiganlarning 15,7% Rossiyada, 11,8% AQShda, 8,6% Xitoyda, 8,2% Turkiyada yashaydi.[7]
Mundarija |
Tarixi [tahrir]
2003-yili ochilgan oʻzbekcha Vikipediya boʻlimida faollik 2005-yili foydalanuvchi Uzgen hissalari bilan boshlandi. 2006-yili sayt interfeysi oʻzbek tiliga foydalanuvchi Behzod tomonidan oʻgirila boshlandi. 2007-yili Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida birinchi majlis boʻlib oʻtdi. 2008-yili Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga qarashli Uzinfocom axborot texnologiyalari markazi homiyligida VikiYoz tanlovi boshlandi, biroq u natijasiz yakunlandi. 2011-yili Bosh Sahifa koʻrinishi keskin oʻzgardi, model sifatida Turkcha Vikipediya bosh sahifasi olindi. Oʻsha yili sentabrda oʻzbekcha Vikipediya Oʻzbekiston hududida toʻsilishi boshlandi. 2012-yili may oyidan loyihada bot orqali koʻp sonli maqolalar yaratish boshlandi.
Statistik tarixi [tahrir]
- 2003-yil 21-dekabr - birinchi tahrir (HomePage)[8]
- 2012-yil 5-iyun - 10 000 maqola (Kompas)[9]
- 2012-yil 5-iyul - 20 000 maqola (Meteorologiya)[10]
- 2012-yil 31-iyul - 30 000 maqola (Giroskop)
- 2012-yil 27-avgust - 40 000 maqola (Shamol)
- 2012-yil 8-noyabr - 50 000 maqola (Kvadrat tenglama)[11][12][13]
- 2012-yil 29-noyabr - 60 000 maqola (Blue Mountain, Mississippi)
- 2013-yil 4-yanvar - 70 000 maqola (Tinchlik)
- 2013-yil 13-fevral - 80 000 maqola (Armatura)[14]
- 2013-yil 10-mart — 90 000 maqola (Aleksandr burji)
- 2013-yil 20-mart — 100 000 maqola (Ishchi kuchi)[15][16]
- 2013-yil 9-may — 120 000 maqola (Tuproq gorizonti)
Hozirgi holati [tahrir]
Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 124,844 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni – 13,233, ulardan 92 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hk. bilan qoʻshib hisoblaganda) – 612,996. Jami tahrirlar soni – 1,618,690. Teranligi – 40.37. Maqola soni boʻyicha oʻrni 40. Oʻzbekcha Vikipediyada asosan aholi punktlari, astronomik jismlar, shaxsiyatlar, musiqa va futbolga oid maqolalar yozilgan.[17]
Manbalar [tahrir]
- ↑ Kilner, James (20 Fevral 2012). "Guvohlar O'zbekiston Vikipediya sahifalarini to'sib qo'yganini aytishmoqda (ingl.)". The Daily Telegraph. http://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/asia/uzbekistan/9092977/Uzbekistan-blocks-Wikipedia-pages-say-witnesses.html. Qaraldi: 8 May 2012.
- ↑ "Vikipediyadagi o'zbek tilidagi maqolalar to'sildi (ingl.)". RFE/RL. 16 Fevral 2012. http://www.rferl.org/content/uzbek_wikipedia_blocked/24486460.html. Qaraldi: 8 May 2012.
- ↑ "O'zbekistonda o'zbekcha Wikipedia to'sib qo'yildi". RFE/RL. 16 Fevral 2012. http://www.ozodlik.org/content/article/24486333.html. Qaraldi: 8 May 2012.
- ↑ Ataev, Nodir (17 Fevral 2012). "Vikipediya ishonchlimi?". RFE/RL's Uzbek Service. http://www.ozodlik.org/content/article/24487475.html. Qaraldi: 8 May 2012.
- ↑ "O'zbekistonda Internet so'z erkinligi (ingl.)". New America. 18 Iyul 2012. http://mediapolicy.newamerica.net/publications/policy/digital_freedom_of_expression_in_uzbekistan. Qaraldi: 25 Sentabr 2012.
- ↑ Wikimedia Traffic Analysis Report - Wikipedia Page Views Per Country - Breakdown (inglizcha). Wikimedia.
- ↑ Wikimedia Traffic Analysis Report - Page Views Per Wikipedia Language - Breakdown (inglizcha). Wikimedia.
- ↑ 1-IDli tahrir
- ↑ 10K matbuot relizi, Vikipediya
- ↑ 20K matbuot relizi, Vikipediya
- ↑ 50K matbuot relizi, Vikipediya
- ↑ «Википедия» на узбекском содержит более 50 тысяч статей, gazeta.uz
- ↑ Ўзбекча Википедия мақолалари сони 50 мингдан ошди, kun.uz
- ↑ "Ўзбекча Википедия мақолалари сони 80 мингдан ошди" (oʻzbek). kun.uz. 14-fevral 2013. http://kun.uz/2013/02/14/uzwikieight/. Qaraldi: 15-fevral 2013.
- ↑ "«Ишчи кучи» ўзбекча Википедияда ёзилган юз мингинчи мақола бўлди" (oʻzbekcha). kun.uz. 20.03.2013. http://kun.uz/2013/03/20/uzbekwikipedia/. Qaraldi: 4-aprel 2013.
- ↑ "Число статей в узбекской «Википедии» превысило 100 тысяч" (ruscha). gazeta.uz. 20-mart 2013. http://www.gazeta.uz/2013/03/20/wikipedia/. Qaraldi: 4-aprel 2013.
- ↑ Eng katta turkumlar, Vikipediya maxsus sahifasi
Havolalar [tahrir]
- Oʻzbekcha Vikipediya
- Oʻzbekcha Vikipediya Facebook sahifasi
- Oʻzbekcha Vikipediya Odnoklassniki sahifasi
- Oʻzbekcha Vikipediya mobil versiyasi
|
|||||||||||||||||||||||
