Kompas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oddiy choʻntak kompasi.

Kompas (lot. com- — „ham-, birga“ va passus — „yoʻl“, „qadam“; „hamqadam“, „yoʻldosh“) navigatsiya asbobi boʻlib, yer sirtiga nisbatan tizimda yoʻnalishlarni aniqlaydi. Bu tizim toʻrt dunyo tomonlari — shimol, janub, gʻarb va sharqni belgilaydi. Baʼzan kompasda bu tomonlardan tashqari darajalar ham chizilgan boʻladi. Bunda shimol 0°, keyin soat yoʻnalishi boʻylab: sharq 90°, janub 180°, gʻarb esa 270° ga mos keladi. Ushbu darajalar azimutni koʻrsatishga xizmat qiladi.

Kompas (ital. compasso — oʻlchayman)— geografik (haqiqiy) yoki magnit meridianining yoʻnalishini aniqlashda qoʻllaniladigan asbob. Magnitli, giroskopik K., quyosh K.i, radio va astroradio K.i boʻlishi mumkin. Magnitli K . magnitlangan milning shimol-jan. yoʻnalishida magnit meridiani boʻylab joylashishi xossasiga, giroskopik K. erkin osilgan va maxsus moslama yordamida tez aylanadigan rotorning oʻqi geografik meridian tekisligida mustaqil joylasha olishiga, quyo sh K.i (yoki astronom i k K.) Quyosh harakatini uzluksiz koʻzatib turishga, rad i okom pas radiost-yalar tarqatadigan radiotoʻlqinlarni maʼlum yoʻnalishda qabul qilishga, astroradiokompas Quyoshdan tarqaladigan radionurlarni qabul qilishga asoslangan. Boʻlar orasida magnitli K. eng qadimiysi. Uning asosiy kamchiligi shuki, hamma vaqt magnit va geografik qutblar yoʻnalishlari farqini hisobga olish kerak boʻladi. Qutblarda uni ishlatib boʻlmaydi. K. dengizda suzishda, aviatsiya, geodeziya, topografiya, kon va harbiy ishlarida qoʻllaniladi.[1]


Bir-biridan farqli ikki xil kompaslar mavjud: magnit kompas va girokompas. Magnit kompas mili Yer magnit maydoni bilan taʼsirlashib, geomagnit qutblarga mos tushishga harakat qiladi. Girokompas esa oʻz ichida Yer aylanishiga sezgir tez aylanuvchi gʻildirakni saqlaydi.

Magnit kompas Xitoyda, Han sulolasi davrida ixtiro etilgan,[2][3] uni avvalboshda "qimmatbaho toshlar topish va uy qurish uchun joy aniqlashda" ishlatishgan. Keyinchalik kompasdan Xitoy harbiylari dengiz va quruqlikda yoʻl aniqlash va xarita chizish uchun foydalana boshlashgan. Kompas Xitoydan Yevropaga Eron orqali kirib kelgan.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Merrill, Ronald T.; McElhinny, Michael W. (1983). The Earth's magnetic field: Its history, origin and planetary perspective, 2nd printing, San Francisco: Academic press, 1. ISBN 0-12-491242-7. 
  3. Li Shu-hua, p. 176

Havolalar[tahrir]

VikiOmbor
VikiOmborda Kompas
haqida sahifa mavjud.