Ruscha Vikipediya
| Ruscha Vikipediya Русская Википедия |
|
![]() |
|
| Web-manzil | ru.wikipedia.org |
|---|---|
| Interviki | Bosh sahifa |
| Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
| Asos solingan sana | 11-may 2001 |
| Asoschi | |
| Maqolalar soni | 1,016,264 |
| Viki-mexanizm | Wikimedia |
| Litsenziya | erkin |
| Reklama | yoʻq |
Ruscha Vikipediya (rus. Русская Википедия) Vikipediyaning rus tilidagi boʻlimidir. Maqolalari soni 1 milliondan oshiq.
Mundarija |
Sanoq[tahrir]
2013-yil 19-iyun boʻyicha Ruscha Vikipediyada 1,016,264 maqolalar mavjud. 1,067,818 foydalanuvchi roʻyhatdan oʻtgan, ularning 11,789 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 94 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 64,839,085. Teranligi (bugun): 106
Tarix[tahrir]
Rus Vikipediyasi 2001-yil 20-mayda inglizcha boʻlmagan Vikipediyalar orasida (xitoy, golland, olmon, esperanto, fransuz, ivrit, italyan, yapon, portugal, ispan va shved boʻlimlar) vujudga keldi. Uzoq vaqtgacha sekin rivojlandi.
- 7-noyabr, 2002 — birinchi bosh sahifa yaratildi[1]
- 30-dekabr, 2004, 10 000-maqola yozildi.
- 23-dekabr, 2005, 50 000-maqola yozildi.
- 16-avgust, 2006, 100 000-maqola yozildi.
- 4-sentabr, 2007, 200 000-maqola yozildi.
- 25-fevral, 2010, 500 000-maqola yozildi.
- 8-oktabr, 2010, 600 000-maqola yozildi.
- 12-aprel, 2011, 700 000-maqola yozildi.
- 10-dekabr, 2011, 800 000-maqola yozildi.
- 8-sentabr, 2012, 900 000-maqola yozildi.
- 11-may, 2013, 1 000 000-maqola yozildi[2].
Eʼtiroz[tahrir]
2012-yil 10-iyunida ruscha Vikipediya Rossiya Davlat Dumasida koʻrib chiqilayotgan Axborotlashtirish haqidagi qonunga kiritiladigan oʻzgartirishlarga eʼtiroz bildirib bir kunga yopildi. Bu oʻzgartirishlar IP-manzillarni sud qarorisiz toʻsish huquqini berib, Vikipediyani senzura xavfi ostiga soladi.[3]
Shuningdek[tahrir]
- WikiZnanie — wikitexnologiyali yana bir rus jamoat ensiklopediyasi.
