Italyancha Vikipediya
| Italyancha Vikipediya Wikipedia in italiano |
|
![]() |
|
| Web-manzil | it.wikipedia.org |
|---|---|
| Interviki | it |
| Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
| Asos solingan sana | may, 2001 |
| Asoschi | |
| Maqolalar soni | 1,035,372 |
| Viki-mexanizm | Wikimedia |
| Litsenziya | erkin |
| Reklama | yoʻq |
Italyancha Vikipediya (ital. Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan.[1] Hozirda 1,035,372 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).[2]
2011-yil 4—6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi.[3][4] Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.
2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.[5]
Hozirgi holati [tahrir]
2013-yil 25-may boʻyicha italyancha Vikipediyada 1,035,372 maqola mavjud. 887,586 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 7,988 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 108 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 63,933,186. Teranligi (bugun): 95.
Manbalar [tahrir]
- ↑ New language wikis, Wikipedia-l mailing list.
- ↑ List of Wikipedias
- ↑ Wikimedia blog » Blog Archive » Regarding recent events on Italian Wikipedia. Blog.wikimedia.org. 2011-10-05.
- ↑ Intercettazioni, Wikipedia protesta – Homepage in bianco: "Inaccettabile ddl" (Italian). la Repubblica (October 4, 2011). October 4, 2011. (arxiv, WebCite)
- ↑ Wikimedia News
