Cristiano Ronaldo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Cristiano Ronaldo
C ronaldo cropped.jpg
Shaxsiy ma'lumot
To'liq ismi Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro
Tavallud sanasi 5-fevral, 1985-yil
Tavvalud joyi    Funshal, Madeyra, Portugaliya
Bo'yi 185 sm
Laqab Ronny, Ron
Ampluasi qanotdagi yarimhimoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Real Madrid
Raqami 9
Yoshligida a'zo bo'lgan klublar
1993–1995
1995–1997
1997–2001
CF Andorinha
CD Nacional
Sporting CP
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
2001–
2003—2009;
2009—
Sporting CP
Manchester United
Real Madrid
25 (3)
161 (66)   
Milliy terma jamoa
2003– Portugaliya 55 (20)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)

Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro (talaffuzi: Krishtianu Ronaldu dush Santus Aveyru) — 1985-yil, 5-fevralda tugʻilgan, Real Madrid futbol klubi va Portugaliya milliy futbol jamoasi uchun oʻynaydigan professional futbolchi.

Mundarija

[tahrir] Tarjimai holi

Cristiano Ronaldo Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tugʻilgan. Onasi — Maria Dolores dos Santos Aveiro, otasi — José Dinis Aveiro. U akasi, Hugo va ikki singlisi, Elma va Liliana Cátia bilan birga katta boʻldi. Uning ikkinchi ismi ("Ronaldo") Portugaliyada kam tarqalgan.[manba kerak] Ota-onasi uning ismini AQSH prezidenti Ronald Reagan sharafiga qoʻyganlar, chunki u otasining eng sevimli aktyori boʻlgan.

[tahrir] Avvalgi karyerasi

U uch yoshidan futbol oʻynaydi, va olti yoshida boshlangʻich maktabga chiqqanida uning sportga boʻlgan muhabbati yaqqol koʻrina boshlanadi. Uning sevimli oʻsmirlar jamoasi Benfika klubi boʻlgan, lekin shunga qaramay keyinroq ularning raqibi Sportingga qoʻshiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy boʻlgan Andorinha jamoasi uchun toʻp suradi, 1995-yili, atigi oʻn yoshida Cristianu Ronaldoning shuhrati butun Portugaliya boʻylab tarqaladi. Madeyraning ikki yetakchi jamoalari, Marítimo va Nacional u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qoladilar. Kattaroq jamoa boʻlgan Maritimo, Andorinhaning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qoʻldan boy beradi, va natijada Ronaldo Nacionalga qoʻshiladi. Nacionaldagi yutuqlaridan soʻng Ronaldo Lissabonga otlanib uch kun vaqtinchalik Sportingda oʻynaydi, va natijada Sportingda qoladi.

[tahrir] Sporting

Ronaldo Sportingning Alcochete «futbol fabrikasi»da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldo oʻz debyutini Lissabon Sportingi uchun Moreirensega qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan u Portugaliya tarkibida UEFAning U-17 chempionatida toʻp suradi.

Uning UEFA U-17 chempionatlarida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan Liverpul FKning menejeri Gérard Houllier qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik Liverpul uni rad etadi, chunki Ronaldo juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida, Lissabondagi Alvalade XXI stadionining ochilish marosimi, Sporting Manchester Unitedni 3-1 hisobi bilan yutganida esa Ronaldo Ser Alex Fergusonning diqqatini tortadi. Ronaldo ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etadi. Matchdan soʻng Unitedning oʻyinchilari katta qiziqish bilan yosh isteʼdod haqida gapiradilar va kelajakda u bilan oʻz jamoalarida oʻynashni xohlashayotganini bildiradilar.

[tahrir] Manchester Yunayted

Fergyuson yosh futbolchini oʻz jamoasiga qoʻshishni aniqlaydi, unga Devid Bekhemning Real Madridga oʻtib ketganidan soʻng oʻng yarimhimoyachi kerak edi; Krishtianuni 2003-yili $12.24 millionga sotib oladilar. U Manchester Yunayted uchun debyutini 2003-yil 10-avgust Old Traffordda boʻlib oʻtgan Bolton Venderersga qarshi o`yinning 60 daqiqasida maydonga zahiraga tushib boshlaydi. Yunayted ohirgi daqiqalarida 1-0 yutadi, bunda Ronaldu Ruud Van Nistelroy Jussi Jaaskelainendan olgan penaltini uradi. Shundan so`ng u Britaniya OAVlari tomonidan olqishlarga sazovor boʻladi.

Lekin uning barcha yutuqlariga va qadamlariga qaramay, Ronaldu bu raqamdan (7) kutilgan natijalarga erishishni hohlamaydi va boshlang`ich paytlarda Sportingda «kiygan» raqami — 28ni soʻraydi. Karrington tayyorgarlik maydonida bo`lib o`tgan u bilan Ruud Van Nistelroy orasidagi kelishmovchiliklar ularning klubdagi rollari haqida juda ham koʻp mish-mishlarga sabab boʻldi. Fergyuson esa 2010-yilgacha qoʻshilgan Ronalduga katta umidlar bogʻlaydi. Ronaldu «Manchester Evening News» tomonidan shunday iqtibos qilinadi: «Yunayted meni qarashlarimni qattiq himoyalamoqda va men unga huddi shunday yaxshilik bilan qarzimni uzmoqchiman».

Ronaldu oʻyinlar davomidagi harakatlari bilan koʻp muammolarga duch keladi. U Manchester Sitiga qarshi oʻyinda maydondan chetlashtiriladi va 2005-yil dekabr Chempionlar Ligasi paytida Benfikaning muhlislariga korsatilgan «bir barmoqli harakat» uchun UEFA tomonidan keyingi oʻyinga tushirilmaydi. Portugaliya — Lyuksemburg doʻstlik uchrashuvida esa Ronalduga Jeff Strasserni boʻynidan ushlab qoʻporuvchi harakatlari uchun sariq kartochka berilgan. Felipe Skolari unga Jahon Kubogi birinchiligida oʻz kayfiyatini ushlab turishni maslahat beradi.

2005-yil 29-oktyabrda Ronaldu Manchester Yunaytedning birinchilikdagi 1000-sonli golini uradi. Fevralda u ketma-ket 2 dubl gollar uradi, ikkitasini Fulhem bilan uydagi uchrashuvda, qolgan ikkitasini Fretton Parkda, Viganga qarshi oʻyinda uradi va birinchilikdagi gollari sonini 8taga yetkazadi. 2006-yil 26-fevralda Ronaldu Kardiff, Millenium stadionida Karling kubogi uchun kurashda yana Vigan bilan uchrashuvda darvozaga toʻp kiritadi va mavsumdagi gollari sonini 10taga yetkazadi.

U FIFPro Special tomonidan, muhlislar tanlovchi yagona unvonga — «2005-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi» nomiga sazovor boʻldi. Shu jumladan u FIFAning 2005-yil oʻyinchilari reytingida 20-oʻrinni egallaydi.

Jahon Chempionatidagi insidentga qaramay, Ronaldu Manchester Yunaytedning koʻpchilik muhlislari orasida sevimli oʻyinchilardan biri boʻlib qoladi. 2006-yil Jahon Chempionatidan soʻng ingliz birinchiligining dastlabki oʻyinida Manchester Yunayted muhlislari tribunalarning har hil joylaridan aniq-tiniq «faqat Ronaldu birinchi» degan qoʻshiqni tinglaydilar. Bu vaqtda Manchester Yunayted Fulhem FK ustidan 5-1 hisob bilan gʻalaba qozonadi.

Oʻshandan buyon, BBCning habar berishicha Ronaldu Manchester Yunaytedni boshqa tark etishni hohlamaydi va klubga qaytishdan bahtiyor.

U Berkleyning 2006-yil noyabrdagi eng yaxshi o`yinchisi unvoniga sazovor boʻldi.

2006-yil dekabrida Ronaldu liganing 3 o`yinida 6ta gol urib, o`zining hisobini 12ta golga yetkazadi va Yunaytedning eng muhim o`yinchilaridan biriga aylandi. U Vigan Atletik bilan uchrashuvning ikkinchi yarmida zahiradan oʻyinga tushib, shu zahotiyoq bir necha daqiqa ichida 2 gol urib matchga yakun yasaydi. Manchester Yunaytedning treneri Ser Aleks Fergyuson portugal bilan uning shu mavsumda 15ta gol ura olishi haqidagi parisini yutqazdim deydi. Skott shunday deydi: «U uchun hursandman, chunki unga juda qiyin bo`ldi. U o`yinni koʻzini biladi. Uning to`p bilan oldinga o`ta olishi bu mavsumda unga qo`l keldi. Bu uning yetilganligini koʻrsatdi. U eng zoʻr boʻldi va kelajakda bundan ham oshadi».

[tahrir] Halqaro karyerasi

Ronaldu halqaro debyutini 2003-yil avgustda, Qozogʻistonga qarshi oʻyinda qildi. U 2004-yil Evropa chempionatini ochib beruvchi matchda Portugaliya Gresiyaga 1-2 yutqazganida yagona golni va yarimfinalda Gollandiyani 2-1 yutishganida birinchi golni uradi. Final esa ochib beruvchi oʻyinning revanshi kabi boʻlib, bu gal ham Gresiya gʻolib boʻlib chiqadi.

2004-yilgi Olimpiya oʻyinlarida Ronaldu Portugaliya uchun oʻynaydi, va FIFA jahon kubogida Yevropa mintaqasi boʻyicha 7 gol bilan ikkinchi yuqori natijani koʻrsatadi. 2005-yil 17-iyungacha Portugaliya tarkibida 25 oʻyin ichida 11ta gol uradi.

Jahon Kubogi uchun musobaqada Ronaldu oʻzining birinchi golini Eronga qarshi uchrashuvda penaltidan uradi.

Evropa chempionlar ligasi 2007-2008 yilgi mavsumining oltin medali sohibi

Angliya primer ligasi 2007-2008/2008-2009 yilgi mavsumlarning oltin medali sohibi

[tahrir] Jahon Chempionatidagi insident

2006-yil 8 iyuk kuni, Jahon Chempionati-2006 doirasidagi Angliya va Portugaliya oʻrtasidagi chorak-final uchrashuvida Yunaytedning oʻyinchisi Ueyn Runining maydondan chetlashtirilishidan soʻng, ingliz OAVlarida Ronalduning Runiga qizil kartochka berilishiga sababchi ekanligi haqida muhokamalaridan soʻng, Ronaldu jurnalistlarga, Manchesterda oʻynash uchun unga mihit toʻgʻri kelmasligi sababli ketishini aytadi.

«Men oʻz agentimga ketishga tayyorligimni aytdim. Men buni mumkin boʻlgan eng yaxshi yoʻl bilan qilmoqchiman. Men Real Madrid tarkibida oʻynamoqchiman», — goʻyoki Ronaldu ispan sport gazetasi «Daily Marca»ga shunday deydi.

9-iyulda, u Portugaliyaning TV kanali SICga haqoratlarni, nega unga qarshiliklarni tushuna olmayotganini aytadi. Ronaldu Portugaliya Angliyani honavayron qilganida haq yoʻl tutganini, va oʻz yurti bayrogʻini himoya qilgani uchun haqoratlanishi mumkin emasligini eʼlon qiladi. U odamlar uni yomon koʻradigan joyda yashay va ishlay olmasligini aytadi, va Angliyani qanchalik tezroq tark etsa shunchalik hursand boʻlishini qoʻshib qoʻyadi.

Bir necha axborot manbalari Krishtianu Ronalduning Manchester Yunayteddan ketishi yaqin deb. hisoblashadi. Lekin Ronaldu Yunaytedda qolishni tanlaydi. Uning qaroriga Ser Aleks Fergyusonning hissasi katta. U yordamchisi Karlos Kverozni Portugaliyaga yosh futbolchining hayollarini oʻzgartirish uchun yuboriladi, va jamoadoshi Ueyn Runi Ronaldudan komandani tark etmaslikni va boʻlib oʻtgan kelishmovchiliklarni unutishini soʻraydi.

12-iyul kuni Yunayted «Klub Krishtianuni sotilishini hayoliga ham keltirmaydi. Yaqinda Krishtianu 2010-yilgacha boʻlgan shartnomaga imzo chekdi va klub bunga juda ham gʻururlanmoqda. Klub Krishtianuga boʻlgan hamma takliflarni rad etadi», degan eʼlon beradi. Va 17-iyul kuni Ser Aleks Fergyuson: «Krishtianu orqaga qaytadi», — deydi, huddi shu paytda Chelsining treneri Joze Maurinio: «Agar u Angliyada qolsa, men u vaziyatlarni orqaga qaytara oladi deb oʻylayman», — deydi. Krishtianu Ronaldu barcha muammolar hal etilganidan soʻng Yunaytedga qaytadi.

Angliya insidentidan soʻng Ronalduga ingliz ommaviy axborot vositalari «hujum» qilishadi. «The Sun» uning suratini, 1998-yilgi Jahon Chempionatidan soʻng «Daily Mirror» chiqazgan Devid Bekhemning rasmi kabi, darts misheni qilib chiqaradi.

Ronaldu Runi uning doʻsti ekanligini va unga qizil kartochka koʻrsatishga harakat qilmaganligini aytadi. Runi esa, men Krishtianuga yomon hislarni tutmayman, ammo uning bunga aralashganidan ranjidim, deydi.

Ueyn Runining Jahon Chempionligining chorak-finalidagi maydondan chetlatilishi FIFAning tartiblik komissiyasi tomonidan oʻrganilib chiqib, unga 5,000 shveysar franki ($2,207) miqdorida jarima solinadi va Runi ikki match davomida oʻyinga tushish huquqidan mahrum etiladi.

Matchdan soʻng Ronaldu Real Madrid u bilan qiziqib qolganligi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlaydi, va hozir, yozgi transferlar paytida ispan klubiga yoki boshqa klubga oʻtishga moyilligini aytadi.

5-iyul, Fransiyaga qarshi yarim-final oʻyinda, Portugaliya 1-0 hisob bilan yutqazganda Ronaldu har gal unga toʻp tekkanida ingliz va fransuz tomoshabinlari tomonidan uzoq hushtaklarga tortiladi. Uchrashuv ohirida u koʻp vaziyatlarni oʻtkazib yuborganligi uchun magʻlubiyatga uchraganiga ko`z yosh to`kadi. U match davomida eng yaxshi oʻyinchilaridan biri deb hisoblanishiga qaramay, ayrim OAVlar Ronalduni (va yana bir nechta jamoadoshini) simulyatsiyada ayblaydilar. Shunga oʻxshash ayblovlar yana boʻlib oʻtadi va Ronaldu Angliya Chempionatida koʻplab haqoratlanadi. Eng Yaxshi Yosh Oʻyinchi onlayn tanlovida Ronaldu ikkinchi oʻringa tushib ketishidan ozgina oʻtib, BBC Sport bu qisman Angliyaning e-mail kampaniyasi orqali boʻlganini, odamlarni Ronaldu gʻolib boʻlmasligi uchun Luis Valensiyagaovoz berishga undalganligi haqida habar beradi. Agar tanlov noqonuniy deb sanalganida ham, FIFAning Mahsus Oʻrganish Guruhi Germaniyaning gʻururi Lukas Podolskini taqdirlaydi.

BBCning habar berishicha Ronaldu Manchester Yunaytedni boshqa tark etishni hohlamaydi va klubda qolishdan nihoyatda bahtiyor.

[tahrir] Shaxsiy hayoti

Uning otasi Dinis Aveyru 2005-yil 7 sentyabrda vafot etadi. Bu payt, habarni eshitgan Ronaldu atigi bir-ikki soatdan keyin Jahon Chempionatining saralash bosqichi doirasida oʻtayotgan Rossiyaga qarshi oʻyinga chiqadi. U Ser Aleks Fergyusondan Manchester Yunaytedning Manchester Sitiga 10 sentyabr kungi uchrashuvini oʻtkazib yuborishlik bilan mukofotlanadi. Hamda, u oʻzini Manchester Yunaytedning UEFA Chempionlar Ligasidagi navbatdagi uchrashuvi Villareal FKga qarshi oʻyiniga chiqishini aytadi.

2005-yil oktyabrda Ronaldu va yana bir kishi polisiya tomonidan seksual zoʻrlashda ayblanadi. Ronaldu ayblovni tan olmaydi va qirollik polisiyasi uni aresti uchun faktlar yetarli emasligini aytadi.

Krishtianu avvaldan Mershe Romero (ispan TVsining Portugaliyada ishlaydigan hodimi. Ajrashgan, Ronaldudan 9 yosh katta) bilan bogʻliq edi; u portugal pressasida Ronalduga erga tekkan deyiladi (portugal jurnali Avgust 2006ning Lyuksini qarang), lekin Ronaldu bu haqda hech narsa demagan, chunki u har doim oʻzining shaxsiy hayotini professional hayotidan asjratgan. Keyinroq, portugal ommaviy ahborot vositalari ularning ajralganligi haqida habar beradilar. Ammo na Krishtianu, na Mershe bu haqda qandaydir mulohaza qoldiradilar; Shunga qaramay bir jurnalist ispan OAVlariga munosabatlar yakuniga yetganini va Mershe bir oʻzi qolganini aytadilar. 20-sentyabr 2006-yil esa Mershe Krishtianu bilan ajralganligini tasdiqlaydi.

[tahrir] Linklar


Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар