Bosh Sahifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Main Pagedan yoʻnaltirildi)
Buttons Uzbekistan.png
Har kim yoza oladigan
ochiq ensiklopediya

Maqola yarating


  Tanlangan maqola
Texas bayrogʻi

Texas AQSh shtatlaridan biri boʻlib, aholi va maydon jihatdan ikkinchi oʻrinda, qitʼa shtatlari orasida esa birinchi oʻrinda turadi. Nomi kaddo tilidagi „Tejas“ soʻzidan olingan boʻlib, „doʻstlar“ yoki „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi. Geografik jihatdan mamlakat janubi-markazida joylashgan boʻlib, janubdan Meksikaning Chihuahua, Coahuila, Nuevo León va Tamaulipas shtatlari, gʻarbdan AQShning New Mexico, shimoldan Oklahoma, shimoli-sharqdan Arkansas va sharqdan Louisiana shtatlari bilan chegaradosh. Texas maydoni 696 200 km2 boʻlib, unda 26,1 million aholi istiqomat qiladi. Texas Amerikaning qishloq xoʻjalik, chorvachilik, taʼlim, neft va kimyo sanoati, iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi. Shtat poytaxti — Austin. Shtatning pochta qisqartmasi — TX. (Davomi...)

  Eʼtiborga loyiq maqola
The Sulyukta Sign.JPG

Sulukta — Qirgʻizistonning Botken viloyati gʻarbiy chekkasida joylashgan shahar. Sulukta Fargʻona vodiysining gʻarbiy chekkasida, uch tomondan Tojikiston bilan chegaradosh hudud ichida joylashgan.

„Sulukta“ soʻzi „zuluk“ degan turkiy soʻzdan kelib chiqqan degan fikr mavjud. Bu qarashga koʻra, Sulukta suvlarida zuluk koʻp boʻlgan, shuning uchun Sulukta haqida „bu joyning suvi zulukli“ deb yuritilgan va shu asnoda „sulukta“ soʻzi kelib chiqqan. Sulukta Oʻrta Osiyoning koʻmir qazib chiqariladigan eng qadimgi markazlaridan biridir. Suluktada birinchi industrial koʻmir koni 1868-yilda ochilgan. 1940-yil Suluktaga shahar maqomi berilgan. Suluktada Qirgʻizstonda birinchi boʻlib Sovet hokimiyati oʻrnatilgan.

Sulukta viloyatga boʻysunuvchi shahardir. Yaʼni, shahar hech bir tumanga kirmaydi. Qoʻshbuloq (eski nomi Vostochniy) shahar tipidagi posyelkasi va Kolso qishloqlari ham Sulukta shahar boshqarmasiga qaraydi. 2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Suluktaning aholisi oʻsha yili 13 378 kishi, Sulukta va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi boʻlsa 20 725 kishi boʻlgan.

(Davomi...)

Yangiliklar
Robin Williams


Bilasizmi,…
Salvador Dalí


Tanlangan tasvir
Lake Bondhus Norway 2862.jpg
Norvegiyada joylashgan Bondhus koʻli. Bu tasvir 2011-yil Vikiomborda yil tasviri etib tanlangan.

Alchemist-hp

Vikipediyalar
Turkiy Vikipediyalar
Qarindosh loyihalar
Ochiq Vikipediya Wikimedia Foundation notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
Wiktionary
Lugʻat va tezaurus
Wikibooks
Ochiq kitoblar va qoʻllanmalar
Wikiquote
Iqtiboslar toʻplami
Wikisource
Ochiq kutubxona
Wikispecies
Biologik turlar katalogi
Wikinews
Ochiq yangiliklar
Commons
Medialar ombori
Meta-Wiki
Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi