Aleksey Navalniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Navalniy
Алексей Анатольевич Навальный
Alexey Navalny on Garden Ring.jpg
Navalniy Moskvada (2012)
Tavallud sanasi: 4-iyun, 1976 (1976-06-04)(38 yosh)
Tavallud joyi: Butin, Odinsovo tumani, Moskva viloyati
Sayt: navalny.ru

Aleksey Anatolyevich Navalniy (rus. Алексе́й Анато́льевич Нава́льный; 4-iyun, 1976, Butin qishlogʻi, Odinsovo tumani,[1][2] Moskva viloyati, SSRI[3][4][5]) rossiyalik siyosat va jamoat arbobi,[1][2] yurist,[6] invest-faol,[7][8] Aeroflot kompaniyasi direktorlar kengashi sobiq aʼzosidir.[9] Rossiyada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil nodavlat arboblardan.[8][10][11] RosPil, RosYama, RosJKX kabi qator antikorrupsiya loyihalarini yaratgan. Navalniy Rossiya parlamentida koʻpchilikni tashkil etuvchi Birlashgan Rossiya partiyasini keskin tanqid qilib, unga internetda keng tarqab ketgan „muttaham va oʻgʻrilar partiyasi“ (rus. «партия жуликов и воров») degan laqab qoʻydi.[12]

18-iyul kuni Kirov shahrining Lenin tumani sudi 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi.[13] Sud hukmining ertasiga chetga ketmaslik to'g'risidagi tilxat bilan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. [14]

Tarjimai holi[tahrir]

Navalniy kelib chiqishi rus-ukrain boʻlib,[15] otasi Anatoliy Navalniy Ukrainaning Kiev viloyatida, Ivankiv tumanidagi Zalissiya qishlogʻida tugʻilgan. Aleksey Navalniy Moskvadan 100 km janubi-gʻarbda oʻsgan boʻlsa-da, yozgi taʼtilda Ukrainaga, buvisining uyiga borib turar edi.[15][16]

Navalniy 1998-yili Rossiya Xalqlar Doʻstligi Universiteti huquqshunoslik boʻlimini bitirdi. Keyin u Rossiya Federatsiyasi Hokimiyati qoshidagi Moliya Universitetida oʻqidi.[17][18]

2000-yili Navalniy "Yabloko" siyosiy partiyasiga qoʻshildi.[19] 2004-yilda u „Moskvaliklarni himoyalash qoʻmitasiga“ asos solib, moskvaliklarning huquqlarini himoya qilish, qurilish korrupsiyasiga qarshi kurashish bilan shugʻullandi.[20]

Sud ishi[tahrir]

Ilk bora, 2011-yilning may oyida, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasiga (firibgarlik yoʻli bilan ishonchni sui’stemol qilish orqali mulkka zarar yetkazish) asosan Navalniyga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

2012-yilning 31-iyulida RF JKning 160-moddasining (katta miqdordagi oʻzgalarning mulkini oʻzlashtirish yoki talon-taroj qilish) qator bandlariga asosan yangi ayblovlar eʼlon qilindi. [21][22].

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2009-yil may-sentyabr oylarida Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi sifatida ishlagan vaqtida Navalniy, „Vyatskaya lesnaya kompaniya“ MChJ direktori Pyotr Ofitserov va „Kirovles“ bosh direktori Vyacheslav Opalev bilan til biriktirib, 10 ming kubometrdan ortiq oʻrmonni talon-taroj etilishini tashkillashtirgan.

Shuningdek, Aleksey Navalniy Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi lavozimida ishlagan payti(2009-yil))da 510 ming dollarni noqonuniy oʻzlashtirganlikda ayblangan.

Navalniy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi boʻlib kelgan va oʻziga nisbatan qoʻyilgan ayblovlarni Putinning oʻch olishi, deya baholagan.

Sud qarori[tahrir]

2011-yil 6-dekabr kuni sud zalida

Navalniy 2013-yil 18-iyulida Kirov shahri Lenin tuman sudi qarori bilan "Kirovles" davlat kompaniyasi mulkini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi[23] va besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.[24][25][26]

Aleksey Anatolevich Navalniyni Rossiya Jinoyat Kodeksining 2011-yil 7 mart kungi tahriridagi 33-moddasi 3-qismi va 160-moddasi 4-qismida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topishga qaror qilindi. Unga besh yillik qamoq jazosi berilishi, qamoq muddatini oʻtab boʻlgach ozodligini cheklamaslik hamda davlat foydasiga 500 ming rubl miqdorida jarima undirishga hukm qildi. Qamoq jazosi umumiy rejimdagi koloniyada oʻtashi belgilandi.

Navalniy sud qarori eʼlon qilinishidan bir kun avval Moskva merligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Navalniyning saylov shtabi bergan maʼlumotga koʻra, uning nomzodi saylovlardan olingan. [27]

Navalniyning qamalishi haqidagi sud hukmi ortidan Moskva, Sankt Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida tinch norozilik aksiyalari boʻlib oʻtdi.[28]

19-iyul kuni Kirov viloyati sudi Aleksey Navalniy va Pyotr Ofitserovga nisbatan tanlangan jazo chorasi yuzasidan Kirov viloyati prokuraturasi bergan shikoyatni koʻrib chiqdi. Prokuror ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish jazosi vaqtidan ilgari qoʻllanildi, deb hisoblagan va chetga ketmaslik to'g'risidagi tilxat bilan shartli ravishda Aleksey Navalniy ozodlikka chiqarildi. [29]

Navalniy Live Journaldagi shaxsiy blogida "Narsalaringiz bilan ozodlikka" - jumlasini eshitib xayron qolganini ta'kidlab, o'z tarafdorlariga rahmat aytdi va faoliyatini davom ettirishini bildirdi. [30]

Soʻnggi soʻz[tahrir]

Hukm oʻqilayotgan paytda Navalniy sud zalidan Twitter orqali xabarlar yozib turdi. Qoʻliga kishan solinishidan avval yozgan soʻnggi xabarida „Mayli. Mensiz zerikib qolmanglar. Eng muhimi bekorchilik qilib oʻtirmang. Neft quvuri ustidagi qurbaqa undan oʻz xohishiga koʻra tushib ketmaydi“ - deb yozdi.[31]

Munosabat[tahrir]

AQSH bayrogʻi AQSH ning Rossiyadagi elchisi Michael McFaul oʻz Twitter sahifasi orqali sud hukmiga munosabat bildirdi: „Navalniyning aybdor deb eʼlon qilinishidan va ayblovlar siyosiy motvilarga asoslanganiga ishora qiluvchi omillardan chuqur tashvishdamiz“, deya yozdi elchi.[32]

Yevropa Ittifoqi bayrogʻi Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosat masalalari boʻyicha komissari Catherine Ashton Navalniy va Ofitserov ustidan oʻqilgan hukm munosabati bilan bayonot eʼlon qilib, „ularga qarshi ayblovlar sud davomida asoslanmadi“, deya taʼkidladi. „Protsessual kamchiliklar inobatga olingan holda, yakuniy natija Rossiyada qonun ustuvorligi borligiga oid shubhalarni uygʻotadi“, deyiladi yana bayonotda.

Inson huquqlari tashkilotlari ham sud hukmini qoraladi. Amnesty International⅓ tashkiloti Moskva boʻlimi rahbari Sergey Nikitin Navalniyga qarshi chiqarilgan hukm „Rossiyada inson huquqlariga oid vaziyat yomonlashayotganini koʻrsatadi,“ deya taʼkidladi.

Rossiyadagi nufuzli inson huquqlari tashkiloti hisoblangan „Memorial“ markazi direktori Aleksandr Cherkasov hukmni „siyosiy motivlarga asoslangan,“ deb atadi.

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 НАВАЛЬНЫЙ Алексей Анатольевич. Kommersant.ru. Kommersant nashriyot uyi. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-29). 2011-12-12.
  2. 2,0 2,1 О Навальном. Официальный сайт Алексея Навального. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-29). 2011-12-12.
  3. Алексей Навальный — биография, фото, факты, новости. Ведомости. Asl nusxadan arxivlandi (2013-06-10).
  4. Навальный, Алексей — российский общественный деятель. Лента.ру. Asl nusxadan arxivlandi (2013-06-10).
  5. Алексей Навальный. Биография. Аргументы и факты. Asl nusxadan arxivlandi (2013-06-10).
  6. Алексей Навальный на сайте адвокатской палаты г. Москвы. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-16).
  7. Инвест-активизм. Что это такое?. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-17).
  8. 8,0 8,1 Навальный, Алексей. Lenta.ru. Rambler Media Group. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-29). 2011-12-12.
  9. Собств. корр. Навальный займется в «Аэрофлоте» бонусами и аудитом. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-17). // lenta.ru. — 2012. — 27 июля.
  10. Ioffe, Julia. Net Impact. The New Yorker. Condé Nast Publications. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-29). 2011-12-12.
  11. Волков, Денис (28 марта 2011). Блогер полпроцента. Газета.Ru. СУП. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-29). 2011-12-12.
  12. А. Навальный вошел в топ-30 «глобальных мыслителей» современности. РосБизнесКонсалтинг (29 ноября 2011). Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-30). 2011-12-09.
  13. Москва мэрлигига номзод Алексей Навальний беш йилга қамалди
  14. Алексей Навальний қамоқдан озод қилинди
  15. 15,0 15,1 Sergei Hrabovsky. Олексій Навальний як дзеркало російської революції (Ukrainian). day.kiev.ua. Asl nusxadan arxivlandi (2013-01-14). 31 July 2012.
  16. АЛЕКСЕЙ НАВАЛЬНЫЙ (Russian). esquire.ru. Asl nusxadan arxivlandi (2012-07-20). 31 July 2012.
  17. "Alexei Navalny". The Moscow Times. 28 February 2012. Archived from the original on 2013-02-04. http://archive.is/lb0mE. Qaraldi: 31 July 2012. 
  18. Guy Faulconbridge (11 December 2011). NEWSMAKER-Protests pitch Russian blogger against Putin. Reuters. Asl nusxadan arxivlandi (2012-09-11). 31 July 2012.
  19. Navalny, Alexey Anatolich (Russian). Kommersant. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-04). 14 December 2011.
  20. About Navalny (Russian). navalny.ru. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-05). 12 December 2011.
  21. Алексею Навальному предъявлено обвинение в организации растраты имущества государственного унитарного предприятия «Кировлес». СК РФ. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-29). 2012-7-31.
  22. Алексея Навального хотят лишить адвокатского статуса. Финам FM 24.10.12. Asl nusxadan arxivlandi (2013-02-13).
  23. Навальный приговорен к пяти годам лишения свободы. Лента.ру (18.07.2013).
  24. Суд приговорил Навального к пяти годам колонии. РИА Новости (18.07.2013).
  25. Суд приговорил Навального к пяти годам в колонии общего режима. Аргументы и факты (18.07.2013).
  26. Алексей Навальный приговорен к 5 годам лишения свободы — видео оглашения приговора. YouTube (18.07.2013).
  27. Москва мэрлигига номзод Алексей Навальний беш йилга қамалди. Kun.uz (18.07.2013).
  28. Ғарб Навалний устидан ўқилган ҳукмни танқид қилмоқда
  29. Алексей Навальний қамоқдан озод қилинди
  30. и снова здравствуйте
  31. Twitter mikroblogidagi post
  32. Жонли видео: Навалний тарафдорлари намойишга чиқди

Havolalar[tahrir]