Ravshan Ermatov
| Ravshan Sayfiddinovich Ermatov | |
Futbol hakami |
|
| Tavallud sanasi: | 9-avgust, 1977 (35 yoshda) |
| Tavallud joyi: | |
Ravshan Sayfiddinovich Ermatov (9-avgust, 1977) oʻzbek futbol hakamidir.
Mundarija |
Biografiyasi [tahrir]
Ravshan Ermatov 1977-yil, 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Hozirda Toshkentda istiqomat qiladi. U FIFA tomonidan 2003-yildan beri xalqaro hakamlikka tayinlangan.[1] U Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon Chempionatida hakamlik qilib, Gambiya - Meksika, hamda Chili - Kongo oʻyinlarni boshqargan.
Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda Osiyoning "Eng Yaxshi Hakami", deb baholandi,[2] va 2008-yilgi FIFA Klublararo Jahon Chempionati finalini boshqarish uchun tanlandi.
2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinini bochqarishi uchun arbitr etib tayinlandi. Shundan soʻng u Angliya - Jazoir, Argentina - Yunoniston, chorakfinalda Argentina - Olmoniya, yarimfinalda Gollandiya - Urugvay oʻyinlarini boshqardi.
Uning asosiy ishi ham futbol bilan bogʻliq. U futbol instruktori boʻlib ishlaydi. Oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tillarini ham biladi.
Qiziqarli maʼlumot [tahrir]
Ravshan Ermatov hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshatadi. "Men hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshataman. Sal notoʻgʻri harakat minaning portlashiga olib keladi", - deydi R.Ermatov.[3]
Manbalar [tahrir]
- ↑ Ravshan Irmatov to officiate opening match of 2010 FIFA World Cup South Africa. Uzdaily.com (2009-10-28). 2010-06-07.
- ↑ Ravshan Irmatov appointed for 2010 FIFA World Cup. the-afc.com.
- ↑ РАВШАН ЭРМАТОВ ҲАКАМЛАРНИ МИНА ИЗЛОВЧИ САПЁРЛАРГА ЎХШАТАДИ. futbol-info.uz (2009-10-28). 2010-06-07.