Yordam:Maqola qanday yoziladi?

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qanday yoziladi
1. Tahrir
2. Bichim
3. Ichki havolalar
4. Tashqi havolalar
5. Intervikilar   >
Tahrirlash bu yerdan boshlanadi

Bu sahifada Vikipediyada yozishni oʻrganamiz. Boshlash uchun roʻyxatdan oʻtish (registratsiya) tavsiya etiladi (bu majburiy emas, biroq qator afzalliklari bor).

Biror sahifani o'zgartirish uchun sahifaning ust yoki yon taraflaridagi „Tahrirla“ tugmalariga bosishingiz, sahifani muhokama qilish uchun esa „Munozara“ tugmasini bosib, munozara sahifasiga kirib, unda ham „Tahrirla“ tugmasini bosishingiz kifoya. Bosganingizda katta matn qutili sahifa ochiladi, bu matn qutisi ichida o'zgartirishingiz mumkin boʻlgan yozuv bo'ladi.

So'ng yozishni boshlang! Matn qutisi ostidagi kichkina bir qatorlik „Qisqa tavsif“ maydoniga qisqacha qilib, nimalarni yozganingiz yoki o'zgartirganingizni yozib qo'yishni ham unutmang.

Yozib bo'lganingizdan keyin „Saqla“ tugmasini bosing. Tahrirlaringizni saqlashdan oldin „Ko'rib chiqish“ tugmasini bosib, sahifani ko'zdan kechirsangiz, sahifani nuqul takror va takror tahrirlashdan xoli bo'lasiz.

Maqolalarni betaraf nuqtai nazardan yozing. Manbalar keltiring.

Yangi sahifa yozganingizdan keyin quyidagilarni bajarib, sahifani foydalanishga qulayroq holga keltirishingiz mumkin:

  • Yangi yozganingiz sahifa chap tarafida, asboblar sarlavhasi ostidagi Bu yerga ishoratlardan foydalanib, sahifangizga keltiradigan boshqa sahifalardan xabar oling va o'sha sahifalarda sizning sahifangiz to'g'ri eslab o'tilganiga ishonch hosil qiling.
  • Yozganingiz mavzuda Google qidiruvi orqali yaxshi, tayinli veb-saytlarga havola bering.
  • Bilgan tillaringizdagi boshqa Vikipediyalardagi tegishli maqolalarga qarab ko'ring, yozganingiz bilan solishtiring.
  • Vikipediyaning yordamchi loyihasi bo'lmish VikiOmborda mavzuga aloqador tasvirlar qidirib, sahifangizga qo'shing.


Tayyor boʻlsangiz, tahrir darsini boshlaylik