Montana
|
|||||
|---|---|---|---|---|---|
|
|||||
|
Shtat laqabi: |
|||||
| Poytaxt | Helena | ||||
| Eng yirik shaharlar | Billings Missoula Great Falls |
||||
| Maydon - Butun |
AQSh: 4-oʻrinda 380,838 km² |
||||
| Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 44-oʻrinda 935,670 |
||||
| YShM |
AQSh: 47-oʻrinda $27,482 mil. |
||||
| Ittifoqqa kirish - Sana |
41-boʻlib 8 noyabr 1889 |
||||
| Vaqt | UTC-7 (MST) | ||||
| Qisqartma | MT [30] | ||||
| Shtat guli | Bitterroot |
||||
| Shtat daraxti | Ponderosa Pine |
||||
Montana — AQShning shim.gʻarbiy qismidagi shtat. Togʻli shtatlar guru-xida. Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 380,8 ming km2. Aholisi 909,4 ming kishi (2002), shundan shahar aholisi 52%. Maʼmuriy markazi — Xelina sh. Yirik shaharlari: Billings va GreytFols. Shtatning gʻarbiy qismini Qoyali togʻlar egallagan, sharqiy qismi Preriy platosidan iborat. Iklimi moʻʼtadil, kontinental iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —8°, iyulniki 20°. Yillik yogʻin 350—400 mm. Yirik daryolari: Missuri va uning irmogʻi Yellouston. M. hududida Gleysher va Yellouston milliy parklarining bir qismi joylashgan.
M. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — kon sanoati va ekstensiv q.x. Mis, qoʻrgʻoshin va rux eritish, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy q.x. ekinlari: bugʻdoy va qand lavlagi. Milliy parklarga koʻplab turistlar keladi.[1]
Montana - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Helena shahri. AQSh ittifog`iga 8 noyabr 1889 yilda kirgan, undan oldin - Montana Territory.
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |