Vashington shtati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flag of the United States.svg Vashington
Washington
Flag of the United States.svg
Vashington bayrog`i Vashington tamg`asi
Vashington bayrog`i Vashington tamg`asi

Shtat laqabi:
(Evergreen State)

Map of USA highlighting Washington.png
Poytaxt Olympia
Eng yirik shaharlar Seattle
Spokane
Tacoma
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 18-oʻrinda

184,665 km²
6.67 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 14-oʻrinda

6,287,759
34.2 kishi/km²
9
11

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 14-oʻrinda

$261,549 mil.
$42,137

Ittifoqqa kirish

   - Sana

42-boʻlib

11 noyabr 1889

Vaqt UTC-8 (PST)
Qisqartma WA [53]
Shtat guli Coast Rhododendron

(Rhododendron macrophyllum)

Shtat daraxti Western Hemlock

(Tsuga heterophylla)

Vashington - AQShning shim.gʻarbidagi shtat. Shim.da Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 176,6 ming km2. Aholisi 5,2 mln.dan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Olimpiya sh. Eng yirik shahri — Sietl. V. hududining koʻp qismi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi gʻarbida 4°, sharqida —2°, —3°, iyulniki gʻarbida 16—17°, sharqida 20—23°. Yillik yogʻin 400—2000 mm. Togʻlarida igna bargli oʻrmonlar bor. Daryolari (Kolumbiya va uning irmoqlari) sersuv. Bir qancha GES qurilgan. Gidroenergiyaga boyligi jihatidan AKSH shtatlari orasida 1-oʻrinda. Rangli va qora metallurgiya tarmoklaridan alyuminiy, ferroqotishma, elektrkimyo va atom sanoatlari taraqqiy etgan. Pyujet-Saundda kemasozlik korxonalari va harbiydengiz bazasi bor. Aviaraketa sanoati Sietlda ("Boing" zavodi) joylashgan. V. AQShda yogʻoch tayyorlash va yogoch sanoati boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Fanera va qogʻoz ishlab chiqariladi. Baliq-konserva sanoati rivojlangan. V.da Kanadadan keltiril-gan neftni qayta ishlovchi zavod qurilgan. Q. x. kam taraqqiy qilgan. K-x.ga yarokli yerlarning yarmi ekinzor, qolgani yaylov. Dengiz boʻyi r-nlari sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Kolumbiya platosida bugʻdoy ekiladi, meva yetishtiriladi. Dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. V.dan muhim avtomobil va t.y. oʻtgan. Asosiy portlari — Sietl va Takoma.

Vashington - Amerika Qo`shma Shtatlarining ellik shtatidan biri. Poytaxti - Olympia shahri. AQSh ittifoqiga 1889-yil 11-noyabrda kirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil