Ogayo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ogayo — AQShning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Eri koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Mayd. 107,0 ming km2. Aholisi 11,4 mln kishi (2002), 75% dan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Kolumbus sh., yirik sanoat shaharlari: Klivlend va Sinsinnati. Shtatning sharqida Appalachi platosi (eng baland joyi 460 m), gʻarbida Markaziy tekisliklar bor. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 0" dan —3° gacha, iyulniki 23— 25°. Yillik yogʻin 800—1000 mm.

O. — AQShning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Toshkoʻmir (yiliga 40 mln. t), tuz (5 mln. t), neft va tabiiy gaz qazib olinadi. O. choʻyan va pulat eritishda AQShda Pensilvaniya shtatidan keyin 2-oʻrinda, elektr energiya hosil qilishda esa 1-oʻrinda. Q.x. tovar mahsulotining 60%ni chorvachilik beradi. Ekin maydoni 5 mln. ga. Asosan, makkajoʻxori, soya, bugʻdoy, suli va yem-xashak ekinlari ekiladi. Meva, uzum va sabzavot yetishtiriladi. Eri koʻli sohilidagi portlar orq-ali koʻmir junatiladi, temir rudasi keltiriladi. O. hududini yevropaliklardan birinchi boʻlib 17-a.da fransuzlar egallagan. Parij shartnomasiga bino-an, 1763 y.da O. Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1783 y.dan AQSH tarkibida. 1802 y.dan AQSH shtati.[1]

Flag of the United States.svg Ogayo
Ohio
Flag of the United States.svg
Ogayo bayrog`i Ogayo tamg`asi
Ogayo bayrog`i Ogayo tamg`asi

Shtat laqabi:
(Buckeye State)

Map of USA highlighting Ohio.png
Poytaxt Columbus
Eng yirik shaharlar Columbus
Cleveland
Cincinnati
Maydon

   - Butun
   - % suv

AQSh: 34-oʻrinda

116,096 km²
8.65 %

Aholi

   - Butun (2011)
   - Zichlik
   - Senat oʻrinlari
   - Elektoral ovozlari

AQSh: 7-oʻrinda

11,464,042
107.05 kishi/km²
18
20

YShM

   - YShM
   - YShM/kishi

AQSh: 7-oʻrinda

$419,866 mil.
$36,669

Ittifoqqa kirish

   - Sana

17-boʻlib

1 mart 1803

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma OH [39]
Shtat guli Scarlet Carnation

(Dianthus caryophyllus)

Shtat daraxti Ohio Buckeye

(Aesculus glabra)

Ogayo - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Columbus shahri. AQSh ittifog`iga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin - Northwest Territory.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil