Viskonsin
|
|||||
|---|---|---|---|---|---|
|
|||||
|
Shtat laqabi: |
|||||
| Poytaxt | Madison | ||||
| Eng yirik shaharlar | Milwaukee Madison Green Bay |
||||
| Maydon - Butun |
AQSh: 23-oʻrinda 169,639 km² |
||||
| Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 20-oʻrinda 5,536,201 |
||||
| YShM |
AQSh: 19-oʻrinda $211,616 mil. |
||||
| Ittifoqqa kirish - Sana |
30-boʻlib 29 may 1848 |
||||
| Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
| Qisqartma | WV [54] | ||||
| Shtat guli | Wood Violet |
||||
| Shtat daraxti | Sugar Maple |
||||
Viskonsin - AQShning shim.
dagi shtat. Michigan va Yuqori koʻllar oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Mayd. 145,4 ming km2. Aholisi 5 mln.
dan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Madison sh. Eng yirik shahri — Miluoki. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi— 6° dan — 13°gacha, iyulniki 18—22°. Yiliga 750 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari (Viskonsin, Chippeva, Blek-River) Missisipi havzasiga kiradi. Hududida 2 mln. ga dan ortiq aralash oʻrmonlar bor. Iqtisodining muhim tarmogʻi — q.x. yerining asosiy qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Makkajoʻxori va yemxashak oʻtlari, bugʻdoy, tamaki, kartoshka va qand lavlagi ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachiligi sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Sutli mahsulotlar i. ch.da yetakchi oʻrinda. Q. x. mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, mebel i. ch., mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Pyx rudasi qazib olinadi. Buyuk koʻllarda kema qatnaydi. Yuqori koʻl sohillarida kurort koʻp.[1]
Viskonsin - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Madison shahri. AQSh ittifog`iga 29 may 1848 yilda kirgan, undan oldin - Northwest Territory (Wisconsin Territory).