Vayoming
|
|||||
|---|---|---|---|---|---|
|
|||||
|
Shtat laqabi: |
|||||
| Poytaxt | Cheyenne | ||||
| Eng yirik shaharlar | Cheyenne Casper Laramie |
||||
| Maydon - Butun |
AQSh: 10-oʻrinda 253,336 km² |
||||
| Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 50-oʻrinda 509,294 |
||||
| YShM |
AQSh: 48-oʻrinda $23,979 mil. |
||||
| Ittifoqqa kirish - Sana |
44-boʻlib 10 iyul 1890 |
||||
| Vaqt | UTC-7 (MST) | ||||
| Qisqartma | WY [56] | ||||
| Shtat guli | Indian Paintbrush |
||||
| Shtat daraxti | Plains cottonwood |
||||
Vayoming — AKSH gʻarbidagi shtat. Mayd. 253,6 ming km2. Aholisi 470 ming kishi. Maʼmuriy markazi — Shayenn sh. Hududining katta qismi Qoyali togʻlarda joylashgan, shim.-sharqi esa Buyuk tekisliklarga tutashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3° dan —9°gacha, iyulniki 18—22°, yiliga 300—500 mm yogʻin yogʻadi. Tekisliklarda dasht va chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda igna bargli daraxtlar oʻsadi. V. AQShning aholisi siyrak va iqtisodida q.x. yetakchi oʻrinda turadigan shtatlaridan biri. K-x.da yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Yaylov koʻp. Dehqonchilik chorvachilik b-n bogʻliq. Sharqiy r-nlarda bugʻdoy, sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, suli va arpa ekiladi. Togʻli r-nlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida neft, gaz, koʻmir qazib chiqarish, elektr energiya hosil qilish yetakchi oʻrinda turadi. Uran, temir rudalari va qurilish materiallari qazib olinadi. Boshqa tarmoqlari mahalliy ahamiyatga ega. V. ni transkontinental t. y. kesib oʻtgan.[1]
Vayoming - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Cheyenne shahri. AQSh ittifog`iga 10 iyul 1890 yilda kirgan, undan oldin - Wyoming Territory.