Luiziana
|
|||||
|---|---|---|---|---|---|
|
|||||
|
Shtat laqabi: |
|||||
| Poytaxt | Baton Rouge | ||||
| Eng yirik shaharlar | New Orleans2 Baton Rouge2 Shreveport |
||||
| Maydon - Butun |
AQSh: 31-oʻrinda 134,264 km² |
||||
| Aholi - Butun (2011) |
AQSh: 24-oʻrinda 4,523,628 |
||||
| YShM |
AQSh: 24-oʻrinda $152,944 mil. |
||||
| Ittifoqqa kirish - Sana |
18-boʻlib 30 aprel 1812 |
||||
| Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
| Qisqartma | LA [22] | ||||
| Shtat guli | Magnolia (Magnolia) |
||||
| Shtat daraxti | Baldcypress |
||||
Luiziana - AQShning jan.dagi shtat. Meksika qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 123,6 ming km2. Aholisi 4,46 mln. kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — BatonRuj sh. Eng katta shahri va yirik dengiz porti — Yangi Orlean. Transport yoʻllari yaxshi rivojlangan. L.ning sohil qismi botqoqli pasttekislik, shim.-gʻarbiy qismi sertepa (eng baland joyi 163 m). Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 12° dan 27,5°gacha. Yiliga 1100 — 1500 yogʻin yogʻadi. Qaragʻay oʻrmonlari bor.
L. — industrial-agrar shtat. Konchilik sanoati rivojlangan. L. AQShda qazib olinadigan neft va tabiiy gazning katta qismini beradi. Neftni qayta ishlash, kimyo, alyuminiy, neft-kimyo sanoatlari rivojlangan. Yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat, ke-masozlik va kema taʼmirlash, metallsozlik, harbiy sanoat korxonalari, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish z-di bor.
Q.x.da tovar mahsulotining yarmidan kupi dexdonchilikdan olinadi. Asosiy ekinlari: sholi, paxta, shakarqamish. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. L. shtati 1812 y.da tuzilgan. [1]
Luiziana - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Baton Rouge shahri. AQSh ittifog`iga 30 aprel 1812 yilda kirgan, undan oldin - Orleans Territory.
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |