Sochi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sochi — RF Krasnodar oʻlkasidagi shahar (1896 y.dan). Qora dengiz sohilidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 359,6 ming kishi (1998). S. dengiz sohili boʻylab Shepsi daryosidan Psou daryosigacha 150 km ga choʻzilgan (1961 y. chegarasi doirasida) va Adler, Xosta, Markaziy, Lazarevsk tumanlarini va Magri, Makopse, Ashe, Lazarevsk, Golovinka, Loo, Dagomis, Mamayka, Xosta, Kudepsta, Adler va Krasnaya Polyana kurort shaharchalarini oʻz ichiga oladi. Yirik aeroport (Adler) bor. Butun soxil kurort zonasiga aylantirilgan: RFning eng yirik dengiz boʻyi balneologik va iqlim kurortlaridan biri. Iklimi nam subtropik iqlim (yanv.ning oʻrtacha t-rasi 6°, iyulniki 25°, 28°. Iillik yogʻin 1400 mm. Yilning eng yaxshi davri — sent. va okt. Matsestaning vodorod sulfidnatriy xloridli suvlari ayniqsa mashhur. S.da 50 sanatoriy, 82 dam olish uyi, 10 turistik baza va kempinglar, 3 turistik lager bor. Kurortlar ehtiyojini qondirishga ixtisoslashgan 40 sanoat korxonasi (goʻsht, sut, mevakonserva, non va b.) mavjud S.da Krasnodar politexnika institutining umumtexnika fti, Kurortologiya va fizioterapiya, togʻ bogʻdorchilik va gulchiligi ilmiy tadqiqot intlari, i.t. oʻrmon tajribasi st-yasi, 4 muzey (shu jumladan, N.A.Ostrovskiy nomidagi adabiymemorial muzey, oʻlkashunoslik muzeyi va b.), teatr, dendrariy, sirk, tisssamshit oʻrmonzorlar qoʻriqxonasi bor. Shaharga 1838 y.da asos solingan. Kurort sifatida 1902 y.dan rivojlana boshladi.