Tupqaragʻan (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tupqaragʻan tumani
qoz. Түпқараған ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Mangʻistau viloyati
Maʼmuriy markazi Fort-Shevchenko
Asos solingan sanasi 1992-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 23,165[1]
Zichligi 1,7 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar
Maydoni 13,300 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 72938[2]
Pochta indeksi 130501-130505[3]
Avtomobil raqami kodi R, 12
Xaritada
Tupqaragʻan tumani xaritada
Koordinatalari: 44°36′0″N 50°16′0″E / 44.60000°N 50.26667°E / 44.60000; 50.26667 G O

Tupqaragʻan tumani — Qozogʻiston Respublikasi Mangʻistau viloyatining gʻarbiy qismida joylashgan maʼmuriy hudud. 1963-yilgacha Shevchenko tumani, 1972 — 1992 yillari Fort-Shevchenko shahar boʻlib, 1992-yildan boshlab hozirhi nomi bilan ataladi. Maydoni 13,3 ming km2. Aholisi 23,165 kishi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Fort-Shevchenko shahri.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha 23,165 kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli. Aholining asosiy qismini qozoqlar (97,2 %) tashkil qiladi. Katta qishloqlari: Fort-Shevchenko shahri (4,4 ming kishi), Bautin (3,7), Aqshuqir (4,3), Taushiq (2,6), Qiziloʻzen (1,0).

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanning shimoliy qismi dengiz sathidan −26,5 m past boʻlsa, Tupqaragʻanning sharqiy qismining mutlaq balandligi 289 m-ga (Gʻarbiy Qaratau togʻlari). Tupqaragʻanda kon boyliklari juda koʻp. Asosan, neft, gaz konlari bor. Ularning asosiylari: Shimoliy Bozashi, Shimoliy Qarajamba, Jalgʻiztoʻbe, Qalamqas va boshqa kon oʻrinlari.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yanvar oyining oʻrtacha harorati −8 — 10 °C, iyulda 28 — 30 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 180 – 220 mm. Tupqaragʻan tumanida shamol 7 oy boʻyi esib turadi, oʻrtacha tezligi 8,0 m/s.

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanning taʼlim sohasida 6 maktab, 2 bolalar bogʻchasi, Aqtau politexnik kolledjining filiali, madaniyat uyi va 5 klub, Fort-Shevchenko shahrida T.Shevchenko va Murin jirau nomli milliy-etnografik muzeylar, masjidlar faoliyat yuritmoqda. Tibbiyot sohasida 5 kasalxona va 4 feldsher-akusherlik punkt ish olib boradi. Tuman hududida tarixi-arxeologik va tabiat yodgorliklarining umumiy soni 63. Shularning safida „Qizilarbat“, Qarlibas qoʻrgʻoni, Saqaqudiq, „Meret“, Qima tas joʻli, oʻrta asrlik „Dingiltas“, „Qaragʻashti aulie“, „Aqshoʻra — Belturan“ ziyoratgohlari, „Kentti baba“, „Sultan epe“ va boshqalar bor.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]