Munozara:Finlandiya

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Finlandiya(mi) yoki Finlyandiya?[manbasini tahrirlash]

koʻplab internet saytlarida Finlyandiya nomi qoʻllanilgan. xususan, gazeta.uz, daryo.uz, qalampir.uz kabi. fikrimcha, Finlyandiyaga koʻchirgan maʼqulroq. Alpasli (munozara) 13:36, 5-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Xuddi shu yangilik saytlarida Finlandiya deb yozilgan sahifalar ham koʻp. Shu sababdan qayta nomlash uchun boshqa argument kerak. Yangilik saytlaridan emas, masalan, mavzuga yaqin, geografiya, tarix, siyosat, iqtisodiyotga oid fanlarda lotin yozuvida yozilgan oʻzbekcha kitoblarni koʻrib chiqib biror bir xulosaga kelish mumkin. — Kagansky munozara 16:20, 15-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

2018-yilda nashr etilgan 10-sinf Jahon tarixi darsligining 3 oʻrnida Finlandiya shaklidan foydalanilgan. Asos sifatida keltirilgan saytlarda esa har ikki shakl baravar qoʻllangan. Ulardan qalampir.uz saytini nufuzli demagan boʻlardim. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:54, 16-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum lex.uzda mamlakat nomi Finlandiya deb qidirilganda 5 ta normativ hujjat topildi, Finlyandiya deb qidirilganda esa 49 ta normativ hujjat topilgan. Kagansky akaning fikriga qoʻshilgan holda, mamlakat nomlarini nomlashda yangilik saytlaridan emas, balki normativ hujjatlarga tayanish kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 05:59, 16-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-yil) va Dunyoning siyosiy xaritasi (2020-yil)da ham Finlyandiya olingan. normativ hujjatlarga tayanish kerak esa, Lex.uz bunga yaxshi oʻrnak. zotan Finlyandiya shaklida ham berilgan unda. manbalarga asoslanadigan boʻlsak, har ikki shakliga notoʻgʻri deb boʻlmayapti. Alpasli (munozara) 16:16, 16-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman --Hasan Xamidovich (munozara) 00:24, 9-Aprel 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]