Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fargʻona viloyati — Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi viloyatlardan biri. 1876 y. 19 fev.

da Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan Qoʻqon xonligi hududida tashkil qilingan. Tarkibiga Margʻilon, Andijon, Qoʻqon, Namangan, Oʻsh uyezdlari va Pomir kirgan. Mayd. taxm. 160,1 ming km. Maʼmuriy markazi — Yangi Margʻilon sh. (1907—24 y.larda Skobelev sh.). F.v. aholisi 1897 y.gi aholi roʻyxatiga koʻra, 1560411 kishidan iborat boʻlgan. Aholisining asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik va chorvachilik. Viloyatda ekin ekiladigan yerlar 860000 desyatinani tashkil qilgan. Dehqonchilikda, asosan, bugʻdoy, kunjut, paxta, tamaki, beda, joʻxori, arpa, tariq va b. ekilgan. Ayniqsa, paxtachilikka eʼtibor berilgan, 1901 y. viloyatning 232500 desyatina yeriga paxta ekilgan. Bogʻdorchilik rivojlangan.

F.v.dan chetga paxta, ipak, jun, poyabzal, teri, gilam, sholi chiqarilgan. Mahalliy maktab va oʻquv yurtlari 2246 ta, masjidlar 6554 boʻlgan. F.v. aholisi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga karshi koʻplab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1898 y.dagi Andijon qoʻztloni va 1916 y.dagi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonida faol qatnashgan. 1924 y. Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosabati bilan F.v. tugatilgan.

Farg'ona viloyati
Rossiya imperiyasi viloyati

Fergana obl coa.png

Ферганская область.svg

Markazi Yangi Margilon (Skoblev)
Asos solingan yili 1876 yil
Maydoni
121 141,0 km² (160 141 km²)
Aholisi
1 572 214 kishi (1897)

Geografiyasi[tahrir]

Relefi[tahrir]

Iqlimi[tahrir]

Florasi[tahrir]

Faunasi[tahrir]

Mineral resurslari[tahrir]

Hududiy bo'linishi[tahrir]

Aholisi[tahrir]

Iqtisodi[tahrir]

Qishloq ho'jaligi[tahrir]

Islab chiqarish mahsulotlar[tahrir]

Savdo aloqalari[tahrir]

Tansporti, Aloqasi, Soliq xizmati[tahrir]

Tibbiyoti[tahrir]

Dini[tahrir]

Madaniyati[tahrir]

Manbalar[tahrir]