Zirabuloq togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zirabuloq togʻlari - Samarqand viloyatidagi togʻlar. Geologik jihatdan Zarafshon tizmasining shimoli-gʻarbiy davomi. Sharqda Jom choʻli, gʻarbda Ziyovuddin togʻlari bilan chegaradosh. Janubida Qarnob choʻli tekisligidan tik pogʻona bilan ajralgan, shimolida Zarafshon daryosi vodiysiga tutashgan. Eng baland joyi 1120 m. Shimoliy qismining balandligi 930– 1100 m, markaziy qismi 830–890 m. Janubiy qismida Ayribel, Qoʻshdara, Jalqir, Alyomiy (1054 m), Piyoztogʻ, Mahmudtogʻ (962 m), shimolida Beshtogʻ va b. togʻ tizmalari mavjud. Ularning janubiy va janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari tik koʻtarilgan qoyali, tub jinslari yalangʻoch, turli nurash shakllari bilan murakkablashgan, chuqur va tor daralar hamda soylar bilan kuchli parchalangan. Shimoliy va shimoli-sharqiy yon bagʻirlari yotiqroq va astasekin togʻ etagi tekisligiga qoʻshilib ketadi. Prolyuvial shleyflar togʻlardan boshlangan soylarning konus yoyilmalaridan iborat. Shimoliy yon bagʻirlarida tepaliklar va ular oraligʻida soyliklar mavjud. Quruq soylar (Jinichkasoy, Koʻksoy, Ustungusoy, Chalquduqsoy va b.)da erta bahor va yoz boshida sel suvlari oqadi.

Z.t.ning shimoliy tizmalari quyi silurning qumtoshslanets yotqiziklari, barcha qoyali togʻ tizmalari yuqori silurning ohaqtoshlaridan tashkil topgan. Z.t.ning markaziy plato qismida silur yotqiziqlarini intruziv jinslar (granit) yorib kirgan. Togʻ etaklarini boʻr, paleogen va neogenning choʻkindi jinslari tashkil qilgan. Markaziy qismi platosimon relyef shakliga ega, paleozoyning intruziv qatlamlaridan iborat. Kisqa, lekin chuqur vodiylar (Daraitut, Tim, Sipki, Kattasoy, Mullaburhon, Devonasoy, Juzumlisoy va b.) qalin ohaktosh qatlamlarini kesib oʻtgan. Ular bahorda toʻlib oqib, yozda deyarli qurib qoladi. Togʻlarda tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Shimoliy yon bagʻirlarining quyi qismlarida efemerlar, shirach, markazida oqkuray aralash usadi. Qad. denudatsiya yuzalarida tragantli astragal, bodom, togʻ etaklarida qoʻziquloq, oqquray, shuvoq oʻsadi. Z.t.da qurilish materiallari, ohak ishlab chiqarish uchun gips hom ashyosi konlari bor. Kdlay va simob konlari (Ingichka) ishlab turibdi. Togʻ etaklarida Oqtosh sh., Ingichka shaharchasi, Karnob qishlogʻi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil