Mahmudtogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MahmudtogʻSamarqand viloyatidagi togʻ. Zirabuloq togʻlari tarkibiga kiradi. Uz. 10 km, eni 4 km. Eng baland joyi 962 m. Janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalgan. Yon bagʻirlari keskin koʻtarilgan. Suvayirgʻich qismi yassiroq, kam parchalangan. Togʻlar asosini yuqori paleozoy davrining metamorflashgan ohaktosh, slanets va intruziv granitlari tashkil etadi. Yon bagʻirlari kuchli parchalangan, ayniksa, slanets va ohaktoshlar kuchli nurashi natijasida quruq soylar paydo boʻlgan. Oddiy boʻz tuproklarda efemerlardan kattabosh, yettiboʻgʻin, rang, qoʻngarbosh, shuningdek, kaklikoʻt, mayda tikanli bodom va boshqa oʻsadi. Mahmudtogʻdan yaylov sifatida foydalaniladi (mahsuldorligi gektarga 1—2 s).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil