Ayribel togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Ayribel tog‘lariOʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi Zirabuloq past toglarining sharqiy qismi. Eng ba-land nuqtasi 767 m. Ayribel togʻlari shimoli-g‘arbdan janubi-sharqka yo‘nalgan. Uz. 15 km. Janubi-g‘arbiy yon bag‘irlari Qarnob cho‘liga tikroqtushgan va quruq soylar bilan o‘yilgan. Kattaqo‘rg‘on suv ombori to-mon qaragan shimoli-sharqiy yon bag‘irlari qiyaroq. Tizmaning o‘rta qismida pa-leozoyning ohaktosh va slaneslaridan iborat kenglik bo‘yicha yo‘nalgan qator tepalar mavjud bo‘lib, ular oralig‘ida granitlardan tashkil topgan platosi-mon yuzalar joylashgan. Ayribel togʻlari tipik bo‘z tuproqlar mintaqasida joylashgan, shimoliy yon bagirlarining yuqori qismlarida to‘q bo‘z tuproqlar bor. Efemer o‘simliklar bilan birga, qorajusan, qo‘ziquloq, oqquray o‘sadi. Yaylov chorvachiligida foydalani-ladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil