Ohak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ohakqurilish materiali. Ohaktosh, boʻr va boshqa karbonatli jinslarni 900° dan yuqori temperaturada kuydirib, ishlov berib olinadi: SaSO3 <=t SaO + SO2 T. Kalsiy oksid SaO — soʻndirilmagan O., kalsiy gidroksid Sa(ON)2 esa soʻndirilgan O. deb yuritiladi (q. Kalsiy). O. qadimdan qovushqoq material sifatida ishlatib kelingan. Mil. av. 3000—2500 yildayoq O.ning qum va suv bilan qorishmasidan turli inshootlar qurishda, tosh va gʻishtni biriktirishda, devorlarni suvashda hamda boʻyoq tayyorlashda foydalaniladi.

O. boʻlak va kukun holida ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab, havoda qotuvchi va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotuvchi O., asosan, kalsiy va magniy oksidlaridan iborat. Gidravlik O. tarkibida, bundan tashqari, ancha miqdorda kremniy, alyuminiy va temir oksid boʻladi. Havoda qotuvchi O. qurilish qorish-malari va betonning quruq havoda qotishini, gidravlik O. havoda ham, suvda ham qotishini taʼminlaydi. O. qurilishda, metallurgiyada, kimyo sa-noatida, qand, qogʻoz, shisha buyumlar, oyna ishlab chiqarishda, shuningdek, suvni tozalash va boshqa maqsadlarda keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil