Ingichka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ingichka — Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi shaharcha (1944 y.dan). Zirabuloq togʻlarining janubi-shariy yon bagʻrida, Ingichka soyi boʻyida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Katta-qoʻrgʻondan 28 km. Aholisi 10,3 ming kishi (2001), asosan, oʻzbeklar. I.ning oʻrta qismidan Ingichkasoy oqib oʻtadi. I.ga Zarafshon daryosidan uz. 28 km li quvur orqali suv keltirilgan. I. 1948 y. Ingichka volfram konining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Iqlimi keskin konti-nental. I. 7 balli seysmikzonadajoylashgan. I.da "Volfram" kon boshqar-masi, "TMTE" (ekspeditsiya), "Samarqandgips", "Shaxta" qurilish boshqarmasi faoliyat koʻrsatadi. I.da 2 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 1 kasbhunar kollejida 150 dan ziyod oʻqituvchilar taʼlim beradi. 75 oʻrinli shifoxona, 20 oʻrinli tugʻruqxona, poliklinika boʻlib 160 vrach va oʻrta maʼlumotli mutaxassis xizmat qiladi. Stadion, sport inshooti, madaniyat uylari, 2 xiyobon, 2 kutubxona bor. I. — Kattaqoʻrgʻon, I. —Samarkand yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Nurobod — Qarnob, Agron — Oqtosh marshrutidagi avtobuslar I. orqali oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil