Zafar Hoshimov
Zafar Hoshimov Zafar Khashimov Зафар Хашимов | |
---|---|
![]() Sarmoyador, tadbirkor | |
Tavalludi |
29-iyun 1968-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Toshkent universiteti (1992) Sasseks universiteti (1994) |
Zafar Hoshimov; (Зафар Ҳошимов; tugʻ. 29-iyun 1968-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tadbirkori, tarkibiga Korzinka.uz, Korzinka Diskont, Smart doʻkonlari kiruvchi "Anglesey Food" MChJ XK asoschisi.[1][2]
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1992-yilda Toshkent universitetida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika boʻyicha ta'lim olgan.
1992-yildan 1994-yilgacha Sasseks universitetida (Brayton, Angliya) oʻqigan.
1992-yildan 1995-yilgacha "UzEX" masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan.
1995-yildan 1997-yilgacha „Balton Trading (Asia)“ shirkatining biznes rivojlanishi boʻyicha direktor lavozimida faoliyat yuritgan[3].
1996-yil dekabrda "Anglesey Food" brendiga asos soldi. 1997-yilda tadbirkor Anglesey Food brendi ostida ilk doʻkonni ochdi va Oʻzbekistonda supermarketlar tarmogʻi rivojlanishi uchun poydevor qoʻydi[4][5][6].
2005-yilda tarmoq rebrendingi amalga oshirildi. Shu vaqtdan boshlab, supermarketlar "korzinka.uz" brendi ostida rivojlana boshladi. 2010-yilda kompaniya Smart uy doʻkonlarini, 2016-yilda esa korzinka.uz Diskont ulgurji savdo supermarketlarini alohida boʻlimlarga boʻlib, xizmat koʻrsatish shakllarini xilma-xillashtirishni boshladi[7].
2018-yilda Oʻzbekistonda ilk bor "FLO" multibrend turk poyabzal doʻkoniga asos soldi[8].
2019-yilda Toshkentda Oʻzbekistonda savdo-koʻngilochar markaziga qoʻshimcha sifatida emas, balki alohida gastronomik loyiha sifatida ochilgan ilk fudkort hisoblangan Five fudkortni ochdi[9].
2019-yil noyabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki "korzinka.uz" supermarketlar tarmogʻi operatori „Anglesey Food“ MChJ aksionerlik kapitaliga toʻgʻridan-toʻgʻri 40 million AQSh dollarigacha sarmoya kiritishi maʼlum boʻldi. Investitsiyalar tarmoqni mavjud 50 supermarketdan 2025-yilga qadar 140 supermarketgacha kengaytirish dasturini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, faoliyat samaradorligi va korporativ boshqaruv standartlarini xalqaro standartlarga mos holda yaxshilash uchun yoʻnaltiriladi. 2020-yilning fevral oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan shartnoma imzolandi[10][11][12].
2020-yil may oyida Hoshimov Oʻzbekistondagi ilk tadbirkorlik universiteti — TEAM Universityning hamasoschisi va Vasiylik kengashi aʼzosiga aylandi[13][14][15].
Biznesga oid qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zafar Hoshimovning biznes haqida intervyularida aytgan quyidagi iqtiboslari uning qarashlarini ifodalaydi:
Biznesda eng muhimi - yaxshi javoblarni bilish emas, balki to'g'ri savollar berishdir[16].
Men doim xaridlarni korzinka.uz dan amalga oshiraman. Siz, albatta, o'z biznesingizni mazasini tatib ko'rishingiz kerak[16].
20 yoshlik paytimdagi yigitga maslahatim: “Mutaxassis bo’lish juda muhim. O'rdak kabi bo'lmang – u uchishni, suzishni va yurishni biladi, lekin hamma narsani yomon qiladi. Yaxshisi yo uching, yo suzing yoki piyoda yuring: faqat bitta xizmatni amalga oshiring[16]".
Ijtimoiy tarmoqlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'zbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangandan soʻng, bir qancha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan „korzinka.uz“dan banan sotib olmaslik kerakligi, banan orqali virus yuqishi ehtimoli borligi haqida gap-soʻzlar tarqalgan. Shndan soʻng „korzinka.uz“da banan savdosi uch barobarga tushib ketgan. Zafar Hoshimov bu mish-mishlar yolgʻon ekanligini, banan Xitoydan emas Ekvadorda yetishtirilishi va Atlantika okeani orqali Boltiq dengizi portlariga, u yerdan Toshkentga olib kelinishi haqida aytgan hamda fuqarolarni yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqirgan [17] [18][19].
Zafar Hoshimov Shavkat Mirziyoyevning qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) stavkasini kamaytirish boʻyicha topshirigʻiga izoh berib, soliq stavkalari, birinchi navbatda, QQS stavkasining soliq toʻlovchilar bazasini parallel ravishda kengaytirish va ushbu soliq boʻyicha barcha imtiyozlarning bekor qilinishi jarayonida pasaytirilishi yashirin iqtisodiyot sektorining qisqarishiga yordam berib, soliq solishni biznes uchun yanada adolatli qilishi haqida fikrlarini bildirib oʻtgan va bu ijtimoiy tarmoqda katta muhokamalarga sabab boʻlgan[20][21].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Video. Zafar Xashimov i Anvar Irchaev: „Budte gotovi k vnutrenney transformatsii“
- ↑ U vas smetali grechku, u nas — kartofel
- ↑ Istoriya Korzinka.uz i sekreti roznichnoy torgovli. Bolshaya beseda s Zafarom Xashimovim
- ↑ Korzinka.uz: O nas
- ↑ „korzinka.uz supermarketlar tarmogʻiga ISO 9001 va 22000 milliy va xalqaro sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi“. 25-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyun 2020-yil.
- ↑ TORGOVAYa SYeT KORZINKA.UZ POLUChILA SYeRTIFIKATI ISO 9001 I ISO 22000
- ↑ Natsionalniy Marketingoviy sentr[sayt ishlamaydi]
- ↑ Toshkentda ilk multibrend poyabzallar doʻkoni — FLO ishga tushdi
- ↑ Sirgʻalidagi „Five“ fudkorti: oilalar uchun yangi pazandalik loyihasi
- ↑ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki korzinka.uz’ga 40 million dollar pul tikmoqchi
- ↑ YTTB „Korzinka.uz“ supermarketlar tarmogʻiga 40 mln dollar investitsiya kiritadi
- ↑ YeTTB korzinka.uz supermarketlar tarmogʻiga 40 million dollargacha sarmoya kiritadigan boʻldi, archived from the original on 2020-06-25, https://web.archive.org/web/20200625234945/https://darakchi.uz/uz/79339?utm_source=uznet.press&utm_medium=topic&utm_campaign=self, qaraldi: 2020-06-23Zafar Hoshimov]]
- ↑ TEAM universiteti tashkil etildi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Oʻzbekistonda yangi universitet tashkil etiladi
- ↑ V Uzbekistane otkroyut universitet dlya podgotovki biznesmenov i upravlensev
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Korzinka.uz asoschisi – Zafar Xoshimovdan biznesga oid iqtiboslar“ (1-mart 2022-yil). Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
- ↑ Zafar Hoshimov yolgʻon maʼlumotlar tarqatmaslikka chaqirdi
- ↑ Zafar Xashimov prizval ne poddavatsya dezinformatsii
- ↑ Zafar Xashimov viskazal svoe mnenie o koronaviruse i rasskazal, kak zaщititsya ot nego
- ↑ Zafar Hoshimov QQS stavkasini pasaytirish qanday taʼsirga ega boʻlishini baholadi
- ↑ Zafar Hoshimov: „Xudo xohlasa, hammasi yaxshi boʻladi!“
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() ![]() |
![]() |