Qoʻshilgan qiymat soligʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻshilgan qiymat soligʻi — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi M.Lore tomonidan 1954 yilda taklif qilingan, 1960 yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992 yildan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat soligʻis. solinadigan obʼyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obʼyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Mas, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, i.t., konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obʼyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obʼyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻis. asosan, 20,0 % li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis kamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻis boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat soligʻisni toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻisni undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining „Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.

Shuhrat Toshmatov, Muhammadjon Nigʻmatov.