Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi
Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi | |
---|---|
![]() > 10000 holat > 1000 holat > 100 holat > 10 holat < 10 holat | |
Kasallik | COVID-19 |
Virus shtammlari | SARS-CoV-2 |
Joylashuv | Oʻzbekiston |
Birinchi holati | Toshkent |
Aniqlangan sanasi | 15-mart 2020-yil |
Boshlanishi | Uxan, Xubey, Xitoy |
Tasdiqlangan holatlar | 80 247[1] |
Tuzalish | 78 939[1] |
Oʻlimlar |
622[1] |
Rasmiy vebsayt | |
coronavirus.uz |
COVID-19 pandemiyasi Oʻzbekistonda ilk bor 15-mart 2020-yilda tasdiqlangandan soʻng tarqalishni boshladi. Ushbu ilk holat Fransiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarosida aniqlandi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida jabrlanuvchi bilan aloqada boʻlgan va ularning karantini rejalashtirilgan odamlar roʻyxati mavjud. Ushbu holatlar eʼlon qilingach, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev Qozogʻistonda favqulodda holat eʼlon qildi va zudlik bilan Oʻzbekiston bilan chegarani yopdi. Koronavirusning birinchi holatidan ikki kun oldin, Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga parvozlarni toʻxtatdi. 22-mart 2020-yilda Oʻzbekiston Toshkentdagi kompaniyalarga masofadan turib ishlashni, shuningdek himoya niqoblarini majburiy taqib yurishni buyurdi. 27-mart 2020-yilda mamlakatda birinchi oʻlim 72 yoshli ayol boʻlganligi haqida xabar berildi.
2021-yil 8-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda tasdiqlangan holatlar 84 322 tani , tuzalganlar 82 234 kishini hamda vafot etganlar 634 kishini tashkil etmoqda.[1][2]
Vaqt jadvali[tahrir]
Fevral 2020-yil[tahrir]
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" 2020-yil 28-fevralda Jidda va Madinaga reyslarni toʻxtatdi[3]. 2020-yil 13-martda Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga parvozlarni toʻxtatdi[4]. Ikki kun oʻtgach, mamlakatga Fransiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirusning birinchi holati tasdiqlandi[5]. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bemor bilan aloqada boʻlgan shaxslar roʻyxatini eʼlon qildi, ularning karantinga oldi[6]. Ushbu holat eʼlon qilingach, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev Qozogʻistonda favqulodda holat eʼlon qildi va zudlik bilan Oʻzbekiston bilan chegarani yopdi[7].
Mart 2020-yil[tahrir]
- 2020-yil 20-martda hukumat koʻngilochar joylar va choyxonalar yopilishini va katta toʻylar va boshqa oilaviy yigʻilishlar taqiqlanishini eʼlon qildi[8].
- 2020-yil 22-martda Oʻzbekiston Toshkentdagi kompaniyalarga masofadan turib ishlashni, shuningdek himoya niqoblarini taqishni majburiy qildi[9].
- 2020-yil 27-martda mamlakatda birinchi oʻlim haqida xabar berildi; sogʻligʻi yomon boʻlgan va yurak xurujiga uchragan 72 yoshli ayol vafot etdi. U yaqinda Turkiyadan qaytgan qizi tomonidan virusni yuqtirganligi aniqlandi[11].
Aprel 2020-yil[tahrir]
Statistika[tahrir]
Hudud boʻyicha[tahrir]
Hudud | Holatlar | Vafot etganlar | Tuzalganlar | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati |
7121 | 20 | 4170 | ||||||
Buxoro viloyati | 540 | 2 | 504 | ||||||
Andijon viloyati | 191 | 0 | 180 | ||||||
Fargʻona viloyati | 158 | 1 | 157 | ||||||
Namangan viloyati | 305 | 4 | 286 | ||||||
Xorazm viloyati | 325 | 0 | 302 | ||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 152 | 0 | 143 | ||||||
Qashqadaryo viloyati | 202 | 1 | 119 | ||||||
Jizzax viloyati | 43 | 2 | 3 | ||||||
Samarqand viloyati | 495 | 2 | 400 | ||||||
Surxondaryo viloyati | 170 | 2 | 67 | ||||||
Navoiy viloyati | 295 | 0 | 252 | ||||||
Jami (Oʻzbekiston) |
10020 | 34 | 6584 | ||||||
Eslatma: Sana 05/07/2020 23:00 Toshkent vaqti bilan |
Manbalar[tahrir]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 COVID-19 koronavirus infeksiyasi (uz). Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi. 30-mart 2020.
- ↑ uz, Kun. O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 900 taga yaqinlashdi. Kun.uz (uz).
- ↑ Uzbekistan Airways suspends flights to Jeddah, Medina. en.trend.az (28 February 2020).
- ↑ Uzbekistan suspends flights to and from France, Spain and UK. reuters.com (13 March 2020).
- ↑ Uzbekistan confirms first coronavirus case - govt. Reuters (15 March 2020).
- ↑ Uzbekistan confirms its first coronavirus case. aa.com.tr.
- ↑ Kazakhstan, Uzbekistan close borders after first coronavirus cases. National Post (en-CA) (15 March 2020).
- ↑ "Central Asia tightens restrictions as coronavirus spreads" (en). Reuters. 21 March 2020. https://www.reuters.com/article/us-health-coronavirus-centralasia/central-asia-tightens-restrictions-as-coronavirus-spreads-idUSKBN218090. Qaraldi: 2 April 2020.
- ↑ Uzbekistan makes masks, remote work mandatory in capital. reuters.com (22 March 2020).
- ↑ "Uzbekistan to Lock Down Capital Tashkent Due to Coronavirus". The New York Times. 23 March 2020. https://www.nytimes.com/reuters/2020/03/23/world/asia/23reuters-health-coronavirus-uzbekistan-lockdown.html.
- ↑ News Desk (27 March 2020). "Uzbekistan reports first coronavirus death as it widens lockdowns". The Jakarta Post. Reuters. https://www.thejakartapost.com/news/2020/03/27/uzbekistan-reports-first-coronavirus-death-as-it-widens-lockdowns.html. Qaraldi: 27 March 2020.
- ↑ Reuters (2020-03-28). "Uzbek Doctor, 39, Dies After Coronavirus Self-Treatment" (en-US). The New York Times. ISSN 0362-4331. https://www.nytimes.com/reuters/2020/03/28/world/asia/28reuters-health-coronavirus-uzbekistan-death.html.
- ↑ COVID-19 koronavirus infeksiyasi viloyatlar boʻyicha statistikasi (uz). Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi. 10-aprel 2020.
Havolalar[tahrir]