Ekliptika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ekliptika (yun. — tutilish) — Quyoshning osmon gumbazidagi koʻrinma yillik harakat yoʻli. Bu harakat katta aylana boʻylab sodir boʻlib, osmon gumbazining sutkali harakatiga qaramaqarshi yoʻnalgan va tezligi sutkasiga 59’8" ga teng. Quyoshning yillik koʻrinma harakati Yerning Quyosh atrofidagi haqiqiy harakati natijasida kelib chiqadi. Yerning orbita tekisligi E. tekisligidan iborat. E. tekisligining ekvator tekisligiga oʻrtacha ogʻmaligi ye=23°27’08",26. E. va ekvator bir-biri bilan ikki nuqtada — bahorgi teng kunlik va kuzgi teng kunlik nuqtalarida kesishadi. E. zodiaqdagi 12 ta yulduz turkumidan oʻtadi. E. tekisligi osmon koordinatalari sistemasida asosiy tekisliklardan biri hisoblanadi.