Albedo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albedo (lot. albedo — oqlik) — 1) jism sirtidan qaytgan nur energiyasi miqdorining shu sirtga tushayotgan nur energiyasi miqdoriga nisbati. Albedo jismning nur qaytarish qobiliyatini ifodalaydi. Tushayotgan energiyani batamom qaytaruvchi sirt va mutlaq (absolyut) oq jismning A.si birga, mutlaq qora jismning Albedosi nolga teng. Real jismlarning Albedosi nol bilan bir orasida yotadi. Atmos-ferasi bor kosmik jismlarning A.si ancha katta boʻladi. Oy va Merkuriyning A.si 0,07; Veneraniki 0,59; Yerniki 0,45; Marsniki 0,15; Yupiterniki 0,56; Saturnniki 0,63; Uranniki 0,63; Neptunniki 0,73 va hokazo 2) qishloq xoʻjaligida A. haqidagi maʼlumotlar ekinzorlarning radiatsion rejimini oʻrganish uchun zarur. Xususan, oʻsimlikka yutiladigan qisqa toʻlqinli radiatsiya miqdori va fotosintez jara-yonlari A. qiymatiga bogʻ-q. A. qiymati kattalashgan sari yutilayotgan radiatsi-370yaning miqdori kamaya boradi. A.ning yillik oʻzgarishi yer toʻshama sirtining oʻzgarishiga bogʻliq. A.ning oʻrtacha qiymatlari: boʻz tuproq, lyoss — 30-33%, gil (soz)li choʻl — 30%, oʻt qoplami — 20-25%, bedazor — 19-22%, qovun polizi — 23-25% va hokazo Albedo ekinlari (gʻalla, gʻoʻza) va yaylovlar holatini ularning nur qaytarish qobiliyati kat-taligi va qaytgan (akslangan) radi-atsiyaning yorqinlik koeffitsiyentiga qarab miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan. Bu usul hosil toʻplanishining agrometeorologik sharoitlarni baholash uchun ekinzorlar holatini aviakuzatish ishlarida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil