Merkuriy yoki Utorud - Quyosh sistemasidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan soʻng uning yaqinida koʻrinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304–1023 kg; Oʻrtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri 88 sutka. Orbital harakatining tezligi 47,9 km/sek. M. satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, koʻrinma sferik albedosi Ak=0,058. Quyoshdan oʻrtacha uzoklikdagi temperaturasi; Quyosh zenit da boʻlganda T=618 K; nadirda esa G<250 K. Quyoshdan eng uzok, masofada boʻlganda yorugʻligi —0,3 dan + 0,6 gacha yulduz kattaligida. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng boʻlib, kuzatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi koʻrinadi. Yuzasida qora, oqish dogʻlar va kucheiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N, va argon Ag boʻlishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yoʻldoshi mavjud emas.[1]