Astronomik birlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Astronomik birlik - astronomiyada masofa birligi; Yerdan Quyoshgacha bo'lgan o'rtacha masofaga teng. Astronomik birlikni aniqlash uchun Quyoshning gorizontal parallaksi aniqlanishi lozim. Astronomik birlikning aniq qiymati Yerga juda yaqin keladigan sayyoralarni kuzatish usuli (yoki boshqa usullar) bilan topiladi. Deyarli barcha asronomik hisoblashlarda 1 a.b.=149.6 mln. km deb olinadi. Aniq qiymati:


Astronomik birlik - astrono-miyada masofa birligi; Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofaga teng . A.6.ni aniqlash uchun Quyoshning gorizontal pa-rallaksi aniqlanishi lozim. A.b.ning aniq qiymati Yerga juda yaqin keladi-gan sayyoralarni kuzatish usuli (yoki boshqa usul) bilan topiladi. 20-a. gacha bu maqsadda Marsning buyuk ro‘para turish vaqtlarida kuzatilgan natijalardan foydalanilar edi. Quyosh parallaksini Yerga juda yaqin o‘tadigan ayrim kichik sayyoralarni kuzatish yo‘li bilan aniqlashga urinish Eros kashf qilinganidan keyin boshlandi. 1930— 31 y.larda Eros Yerdan 22 mln. km uzoqliqdan o‘tdi. Oddindan tuzilgan dasturga ko‘ra jahonning 24 ra-sadxonasida, shu jumladan, Toshkent ra-sadxonasida ham kuzatuvlar olib bori-lib, R"e=8.790"ga tengligi aniqlandi.1961—63 y.larda sobiq Ittifoq va AQShda Merkuriy, Venera va Mars ra-diolokatsiya qilinishi natijasida A.b. hisoblandi. A.b.ni butun olam tortishish qonunita asoslangan dinamik va yorug‘lik tezligiga asoslangan fizik usullar bilan ham topish mumkin. A.b.ning eng aniq qiymati (1 a.b.=149597870±2 km) avto-matik kosmik kemalar harakatini kuza-tib topildi. Deyarli barcha astronomik hisoblashlarda 1 a.b.=149,6 mln. km deb olinadi.[1]


1 a.b. = 149 597 870 691 ± 30 m.

Tarixi[tahrir]

XX asrgacha bu maqsadda Misrning buyuk ro'para turish vaqtlarida kuzatilgan natijalardan foydalanilar edi. Quyosh parallaksini Yerga juda yaqin o'tadigan ayrim kichik sayyoralarni kuzatish yo'li bilan aniqlashga urinish Eros kashf qilinganidan keyin boshlandi. 1930-1931 yillarda Eros Yerdan 22 mln. km uzoqlikdan o'tdi. Oldindan tuzilgan dasturga ko'ra jahonning 24 rasadxonasida, shu jumladan, Toshkent rasadxonasida ham kuzatuvlar olib borilib, Р"е=8.790" ga tengligi aniqlandi. 1961-1963 yillarga sobiq Ittifoq va AQSHda Merkuriy, Venera va Mars radiolokatsiya qilinishi natijasida "Astronomik birlik" hisoblandi. Astronomik birlikni butun olam tortishish qonuniga asoslangan dinamik va yorug'lik tezligiga asoslangan fizik usullar bilan ham topish mumkin.

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil