Pluton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pluton (sayyora)dan yoʻnaltirildi)
Pluton, New Horizons olgan surat, 2015-yil 13-iyul.

PlutonQuyosh sistemasidagi mitti sayyoradir. Koʻrinma kattaligi — 13,65.[1] Uni 1930-yili amerikalik astronom Clyde Tombaugh kashf etgan. Astronomik belgisi R. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 39,4 astronomik birlikka teng (29 astronomik birlikdan 49 astronomik birlikkacha oʻzgarib turadi). Orbitasining ekssentrisiteti 0,253, ekliptikaga ogʻmaligi 17"8’. Quyosh atrofini 247,7 yilda (oʻrtacha 4,7 km/s Pluton va uning yoʻldoshi Haron. Koʻrinishdan suv muzi bilan qoplangan tosh yadrolardan iborat tezlik bilan) toʻla bir marta aylanib chiqadi. Pluton 1979-yildan 20-asrning oxirigacha Neptunga nisbatan Quyoshga yaqin boʻlgan. Yerdan ancha uzoq boʻlgani uchun uning tabiatini oʻrganish qiyin. Tabiiy tuzilishi katta sayyoralar — Yupiter, Neptun va Urannikidan keskin farq kiladi. Pluton diametri taxminan 3000 km, massasi 1,791022 kg , zichligi 2100 kg/m3. Plutonning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 6,3 sutka. 1978-yilda amerikalik astronom James Walter Christy Plutonning yoʻldoshi Xaronni kashf etdi.[2] Xarondan tashqari Plutonning yana toʻrtta (jami beshta) yoʻldoshi maʼlum: Stiks, Niks, Kerberos, va Gidra.[3]

1992-yilda qator oʻxshash jismlar ochilishi bilan Plutonning sayyora mavqei muhokama qilina boshlandi. 2005-yilda Plutondan 27% massivroq Eris kashf etilgach, Xalqaro astronomiya ittifoqi "sayyora" atamasi taʼrifini aniqlashtirdi,[4] bu taʼrifni Pluton qanoatlantirmasligi tufayli u sayyoralar safidan chiqarilib, "mitta sayyora" (aniqrogʻi plutoid) deb sinflashtirildi.[5]

Manbalar[tahrir]