Yunusxon maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2007-07.jpg
Yunusxon maqbarasi peshtogi

Yunusxon maqbarasiToshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr); Islom universiteti hududida joylashgan. Toshkent hokimi Yunusxon vafoti (1487)dan soʻng Shayxontohur qabristonida Yunusxonning oʻgʻli Ahmadxon (Olachaxon) tomonidan qurdirilgan deb taxmin etiladi, qurilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. Maqbara toʻrtburchak tarhli (21,2×22 m), peshtoqgumbazli, katta xona (7×7 m), ikki yonida qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Binoning tashqi gumbazi, peshtoq ravogʻi (19-asr da) buzilib ketgan, bezaklari saklanmagan, bino bir necha marta taʼmirlangan. Xonaqohning ichki qismiga ganchkori naqshlar, muqarnaslar ishlangan. 1970y.larning oxirida Yunusxon maqbarasi ning vayron boʻlgan qismlari tiklandi; 1999—2005 yillarda taʼmirlandi.