Yertoshsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yertoshsoy Yertoshsoy qishlogʻida

YertoshsoyToshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy, Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi. Chatqol tizmasidagi Odamtosh dovonining janubiy yon bagʻridan boshlanadi. Ye.ning 60 dan ziyod irmogʻi bor, eng yirik irmogʻi Qizilchasoydir. Uz. 17 km, havzasining maydon 151 km2. Ye. asosan qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3 m3/sek, suvining asosiy qismi (65—70%) martiyun oylarida oqib oʻtadi. Baʼzan sel toshqinlari boʻlib, suv sarfi 65 m3/sek gacha yetadi (1953.18.5). Ye. boʻyida Yertoshsoy qishlogʻi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Yertoshsoy" OʻzME. Ye-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil