Odamtosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odamtosh — Chatqol tizmasining suvayirgʻich qismidagi dovon. Chirchiq va Ohangaron vodiylarini tutashtirib turadi. 2696 m balandlikda. Dovonga janubi-gʻarbda Kattasoy, janubi-sharqda Yertoshsoy vodiylari boʻylab chiqiladi. Dovon orqali Chatqol daryosining chap irmogʻi Teraklisoydan (Oqbuloq daryosining yuqori qismi) Irtosh daryosiga (Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi) oʻtiladi. Dovondan iyundan oktabr gacha chorva mollarini haydab oʻtishda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil