Artikl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Artikl (lot. articulus) – ba’zi tillarda otning oldida kelib, aniqlik ma’nolarini bildiradigan old qoʻshimcha. Bir xil tillarda (ingliz) A. kelishik, jins va sonda oʻzgarmaydi, ayrim tillarda (nemis) oʻzgaradi. Oʻrta Osiyo mumtoz adabiyotida arabcha (al) ar-tikli (arab tilidan kirgan soʻzlarda) otlar oldidan kelib, aniqlik ma’nosini beradi. Agar al qamariya harflaridan (qarang Arab yozuvi) oldin kelsa, toʻla oʻqiladi: alkitob– muayyan bir kitob, Qur’on; al-Xorazmiy, al-Beruniy. Shamsiya harflaridan oldin kelsa, talaffuzda tushib, undan keyingi harf takrorlana-di: ash-shamsu; an-nabiy – kabi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil