Animizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Animizm (lot. anima – jon, ruh) – jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo boʻlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, oʻz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush koʻrish, gallyu-sinatsiya, oʻlim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bogʻlangan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bogʻliq ruh toʻgʻrisidagi tasavvurlar paydo boʻlgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga boʻlingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta’sir koʻrsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar. Sözning magik-möjizaviy kuchidan foydalanib, inson ruhiyatiga ta'sir etish, uni hastalikdan ozod qilish, tabiatiga ruhiy tetiklik bağishlash animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, ya'ni shifo bağishlash ma'nosi saqlanib qolgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil