Fetishizm
Fetishizm (fransuzcha: fétiche; portugalcha: feitiço — sehrli narsa, tumor) — g'ayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar — fetishlarga sigʻinish. Sigʻinish obyektlari, yaʼni fetishlar — tosh, tayoq, koʻzmunchoq, tumor yoki boshqa har qanday buyum boʻlishi mumkin. Fetishizm dinning qadimiy unsurlaridan biridir. Barcha ibtidoiy xalqlarda boʻlgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |