Xatti boburiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"XATTI BOBURIY" ("Bobur xati") — Zahiriddin Muhammad Bobur risolasi va shu risolada ilgari surilgan xat turi. "X.B." arab alifbosi asosida tuzilgan boʻlsa-da, bu alifbodan baʼzi jihatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu ham arab alifbosi singari 29 harfdan iborat. Risolada Bobur arab alifbosini tahrir qilib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish yoʻlidan boradi va shu maqsadda uni turkiy tilning talaffuz meʼyorlariga moslashtirishga harakat qiladi. U Hindistonda ekanligida bu xat bilan kitobat qilingan oʻzining bir qancha sheʼrlarini Movarounnaxr va Afgʻonistonga Humoyun Mirzo, Xoja Kalon va Hindol Mirzoga joʻnatgan edi. X.B. bilan muqaddas Qurʼoni karim ham koʻchirilgan va u "Mushafi Boburiy" deb atalgan. Bu noyob qoʻlyozma Mashhad sh. (Eron)dagi Imom Rizo yodgorlik majmuasi kutubxonasida, kseronusxasi Andijon shahridagi "Bobur va jahon madaniyati" kitob muzeyida saqlanadi.