Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(XVJdan yoʻnaltirildi)
Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi
International Monetary Fund
Turi Xalqaro tashkilot
Xizmatlari Iqtisodiyot
Egasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Qachon asos solingan 27-dekabr, 1945
Joylashuvi Vashington, AQSh
Rahbariyat  France Christine Lagarde
Vebsayti www.imf.org

Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (qisqartmasi: XVJ; ingl. International Monetary Fund, IMF) xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish[1] shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi.[2] Shtab-kvartirasi Vashington shahrida joylashgan. XVJ’ni baʼzilar taʼsiri haddan oshiq katta, deb tanqid qilishadi.[3][4]

XVJ binosi, Vashington, AQSh

Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF; International Monetary Fund) – BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yilda BrettonVuds (AQSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (qarang BrettonVuds bitimi). 1947-yil mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari:

● maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish;

● xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish;

● valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish;

●koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish;

●aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar urtasida tashkiliy toʻlov tizimi faoliyatiga yordam beradi, toʻlov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, oʻz valyutasining toʻliq konvertatsiyasiga erishmoqchi boʻlgan mamlakatlarga qarz beradi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kapitali aʼzo mamlakatlar toʻlaydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar xisobidan tashkil topadi.

1998-yil boshida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qildi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining rahbar orgagshari – Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita. Boshqaruvchilar kengashi – oliy organ boʻlib, har bir aʼzo – mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita Xalqaro valyuta jamgʻarmasining 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2-marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining ijroiya organlari – Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada 3-marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi.. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kreditlari toʻlov balansidagi nomuvozanatlik sabablariga kura bir necha turlarga boʻlinadi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining oddiy krediti toʻlov balansidagi vaqtinchalik tangliklarni bartaraf etish maqsadlarida 1 yilgacha muddatga SDRrya beriladi (uni 4—5 yilgacha choʻzish imkoniyati bilan). Katta miqdordagi kreditlar foiz bilan „STEND Bay“ shartnomasini tuzgan mamlakatlarga Xalqaro valyuta jamgʻarmasi barqarorlashtirish dasturi bajarilishiga qarab ajratiladi.

1991-yil Oʻzbekistonning oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritish boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar qatorida Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga aʼzo boʻlib kirishi uchun shartsharoit yaratdi. 1992-yilning 2-iyulida „Oʻzbekiston Respublikasining Xalk, aro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, InvestiTSiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama Agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul kilinishi mamlakatimizni Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga teng huquqli aʼzo boʻlib kirishi uchun huquqiy asos boʻldi. 1992-yil 27 apr.da Oʻzbekiston Xalqaro valyuta jamgʻarmasi aʼzoligiga qabul qilindi va Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi.

1998-yil 18-martda OʻzR Vazirlar Mahkamasining „Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha choratadbirlar toʻgʻrisida“ qarori qabul qilindi va respublikaning Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan aloqalarini yanada rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqildi. 2002-yilda Oʻzbekiston Hukumati va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasida Memorandum imzolandi. 2003-yilning iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan „Joriy xalkaro operatsiyalar boʻyicha milliy valyutani erkin ayirboshlash boʻyicha harakat rejasi“ ishlab chiqildi va u Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga taqsim etildi. 2003-yilning 15 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Bitimining 8moddasiga imzo chekdi va milliy valyuta – soʻmni joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha chet el valyutalariga erkin ayirboshlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatni qabul qiddi.

Xoʻjayor Shennayev.

  XVJ aʼzo davlatlari
  XVJ qoidalari VIII moddasi, 2-, 3- va 4-bandlarini qabul qilmagan aʼzo davlatlari[5]
  1. Davis, Bob „IMF's Sweeping Demands Signal Shift - WSJ.com“. Online.wsj.com (2010-yil 3-may). Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  2. Sullivan, Arthur; Steven M. Sheffrin. Economics: Principles in action. Upper Saddle River, New Jersey 07458: Prentice Hall, 2003 — 488-bet. ISBN 0-13-063085-3.  (Wayback Machine saytida 2016-12-20 sanasida arxivlangan)
  3. arxiv nusxasi, 2011-08-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-05-20
  4. „arxiv nusxasi“. 2011-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-may.
  5. Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi Shartnomasi, VIII modda - Aʼzolarning umumiy vazifalari
    2-band: Joriy toʻlovlarga nisbatan cheklov qoʻymaslik;
    3-band: Kamsituvchi valyuta amaliyotlariga yoʻl qoʻymaslik;
    4-band: Xorijiy balanslar almashinuvini taʼminlash.