Kontent qismiga oʻtish

Pul emissiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pul emissiyasi (lotincha: emisio, inglizcha: emision — chiqarish) — davlat tomonidan muomalaga jami turdagi pul belgilarni chiqarish. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarish bilan birga muomaladagi nakd va nakd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildi-radi. Pul emissiyasining asosiy shakllari kredit pullar — banknotlar va depozit-cheklar emissiyasi.

Baʼzi mamlakatlarda hukumat oʻz harajatlarini, byudjet taqchilligini qoplash maqsadida qoʻshimcha Pul emissiyasini amalga oshiradi, natijada inflyasiya kuchayadi. Koʻpgina mamlakatlarda Pul emissiyasi ni hukumat nomidan Markaziy bank amalga oshiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil