Pul-kredit siyosati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.

P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.

Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati P.-k.s.ning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi (qarang Valyuta siyosati).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil