Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti
Qiyofa
Birlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) — BMTning xalqaro tashkilotlaridan biri. 1966-yilda rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatini jadal taraqqiy ettirish va ragʻbatlantirish hamda BMTning mazkur sohasidagi faoliyatini muvofiqpashtirish maqsadida tuzilgan. Qarorgohi — Vena shahri (Avstriya)da. YUNIDOga 150 davlat aʼzo (1990). Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, unga teng huquqli aʼzo sifatida kirdi. OʻzRda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mazkur tashkilotning respublika sanoatini rivojlantirishga oid qator dasturlari ishlab chiqildi.
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]UNIDOning vazifalari:
- Sanoat boshqaruvi va statistika
- Investitsiyalar va texnologiyalarni rag'batlantirish
- Savdo va raqobatbardoshlikni rivojlantirish
- Xususiy sektorni rivojlantirish
- Agrosanoat tarmoqlari
- Barqaror energiya boshqaruvi va iqlim o'zgarishi
- Monreal protokoli
Ijrochi va bosh direktorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]UNIDO ijrochi direktorlari | |
1967–1974 | Ibrahim Helmi Abdel-Rahman (Misr) |
1975–1985 | Abd-El Rahman Khane (Jazoir) |
UNIDO Bosh direktorlari | |
1985–1992 | Domingo L. Siazon Jr. (Filippin) |
1993–1997 | Mauricio de Maria y Campos (Meksika) |
1998–2005 | Carlos Alfredo Magariños (Argentina) |
2005–2013 | Kandeh K. Yumkella (Syerra-Leone) |
2013–2021 | Li Yong (Xitoy) |
2021– | Gerd Müller (Germaniya) |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |