Vilgelm Geynselman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
V. S. Geynselman

Vilgelm Solomonovich Geynselman (4.8.1851, Odessa — 1922, Toshkent) — meʼmormuhandis. Oʻzbekistonda Yevropa uslubidagi binolar qurilishini boshlab bergan. Toshkentdagi koʻp yirik binolar, jumladan Davlat palatasi (1887), SpasPreobrajeniye sobori (A. I. Ryazanov, I. M. Pogosskiy bilan hamkorlikda) va yonidagi alohida qurilgan qoʻngʻiroqxona (1888, saqlanmagan), Knyaz N. K. Romanov saroyi (1889—90, hozirgi Tashqi ishlar vazirligi qabul uyi) G. rahbarligida qurilgan. Davlat banki (1895), Real bilim yurti (1898, hozirgi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi maʼmuriy ofisi), Rasadxona (1873—1901) va b. turar joy binolari loyihalari muallifi. Andijon zilzilasi (1901) oqibatlarini oʻrganib, seysmik tumanlarda binolar qurilishining dastlabki qoidalarini ishlab chiqqan (1906). 1908—12-y.larda Toshtramning binosi va tramvay yoʻllarini loyihalashda qatnashgan. Vizantiya-roman uslubidan keng foydalanish G. ijodiga xos.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil