Vikipediya:WikiAyollar/2023

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA 2022 2023

WikiAyollar loyihasi sahifasiga xush kelibsiz!

Ushbu yilgi loyiha oʻzbekcha Vikipediyada ayollarning huquqlari bilan bogʻliq mavzularni, xususan, maxsus roʻyxatda koʻrsatilgan mavzularnigina mukammal ravishda ochib berib maqola yaratish va tahrirlash maqsadida yoʻlga qoʻyilgan. Loyihada barcha jins vakillari qayerda yashashlaridan qatʼi nazar ishtirok etishlari mumkin. Loyihada qatnashishni istaysizmi, yoʻqmi, sizga xush kelibsiz, deymiz!

Loyihaning maqsadi – Vikipediyada ayollarning huquqlari haqidagi kontentni koʻpaytirish hamda yaratilgan maqolalar mavzusini maksimal darajada bayon qilib berish. Bu yilgi loyiha ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar kampaniyasi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda e’lon qilinayotgani bilan avvalgi loyihadan farq qiladi.

2023-yilda start berilgan loyihaning qoidalari:

  • Marafon 20.12.2023-yildan 20.01.2024-yilgacha davom etadi;
  • Maqolalar belgilangan roʻyxatdagi mavzularga oid boʻlishi shart;
  • Maqolalarni boshqa tillardagi loyihalardan tarjima qilish, toʻldirish yoki mustaqil yaratish mumkin;
  • Hakamlar tomonidan marafon uchun quyida maxsus yaratilgan roʻyxatga kiritilgan mavzudagi maqolalarda qilingan tahrirlargina ballanadi;
  • Maqolalar iloji boricha barcha shartlarni qoniqtirishi (kamida 400 ta soʻz, nufuzli manbalar, qoidaga mos ravishda rasmiylashtirish, mavzuning maksimal darajada ochib berilishi) kerak;
  • Bir-biriga bogʻliq mazmundagi har 400 soʻzga qoʻshimcha ball beriladi;
  • Maqolada ogohlantiruvchi andozalar koʻrsatilgan boʻlsa jarima balli beriladi;
  • Hakamlar tomonidan har bir sifatli maqola (maqolaning toʻgʻri tuzilishi, nufuzli manbalar bilan tasdiqlanganligi, rasmlarning toʻgʻri nomlanishi, grafiklar, jadvallar va turkumlarning toʻgʻri va toʻliq koʻrsatilganligi) uchun qoʻshimcha ball berilishi mumkin;
  • Agar maqola ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmasa, takroran boshqa nom bilan yaratilgan yoki oʻchirilgan boʻlsa jarima balli beriladi;
  • Hakamlarning qarori qatʼiy boʻlib, muhokama qilinmaydi. Hakamlar raqobat va halol oʻyin qoidalarini qoʻllash maqsadida marafon tugaguniga qadar qoidalarga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritishi mumkin.

Gʻolib boʻlgan ishtirokchilar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sovrinlar bilan taqdirlanishadi.

Loyihada qatnashing!

Maqola yaratish

Oʻzbekcha Vikipediyada ham ayollar huquqlari haqida maqola yoʻq yoki mavjud maqolalar oʻta qisqa. Quyidagi roʻyxatda ularga misollar keltirilgan:

Savol tugʻildimi?

Agar sizda har qanday savol tugʻilsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha munozara sahifasida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing – sizga albatta yordam berishadi.