Women's sunday

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Women's Sunday
Feminizmning birinchi to‘lqinining bir qismi

Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqining vakili Emmeline Pethick-Lawrence va Elizabeth Wolstenholme-Elmy yurish boshida
Sana 21-iyun, 1908-yil (115 yil avval) (1908-06-21)
Joy
Hyde Park, London, Angliya

51°30′31″N 0°09′49″W / 51.508611°N 0.163611°W / 51.508611; -0.163611 G OKoordinatalari: 51°30′31″N 0°09′49″W / 51.508611°N 0.163611°W / 51.508611; -0.163611 G O
Sababi Ayollarning saylov huquqi uchun kurash
Usullari Marsh, toʻgʻridan-toʻgʻri harakat
Natijasi 500,000 dan ortiq inson ishtirok etgan
Fuqarolik nizosining tomonlari
Women's Social and Political Union (WSPU)
Liberal hokimiyat, (1905–1915)
Yetakchilar
Emmeline Pethick-Lawrence (WSPU) Bosh vazir H. H. Asquith
Raqamlarda
Qurbonlar va yoʻqotishlar
Qurbonlar
Oldindan: Mod March (Loy marshi) (NUWSS)

Women's Sunday (Ayollar yakshanbasi) 1908-yil 21-iyunda Londonda boʻlib oʻtgan saylov huquqi marshi va mitingi hisoblanadi. Ushbu miting Emmeline Pethick-Lawrencening „Ayollarning Ijtimoiy va Siyosiy Uyushmasi“ (WSPU) tomonidan Liberal hukumatni ayollarning erkin ovoz berishi uchun qoʻllab-quvvatlashga koʻndirish maqsadida uyushtirilgan. Hozirgacha mamlakatda ushbu miting oʻtkazilib kelinmoqda[1].

Tadbirda mamlakatning turli burchaklaridan 500 000 ga yaqin ayol va erkaklar qatnashishgan[2]. 30 000 nafar ayollar yettita kortejda Hyde Parkda 700 ta bannerlar bilan miting oʻtkazishgan. Jumladan, ular „Jasorat emas, balki adolat“ yozuvi yozilgan bannerlarni koʻtarib olishgan[3].

Jarayonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbir WSPU gʻaznachisi Emmeline Pethick-Lawrence tomonidan uyushtirilgan va WSPU metingining asosiy ranglari (binafsha, oq va yashil) birinchi marta omma oldida namoyish etgan[4]. Mitingda ayollardan oq koʻylak kiyishi soʻralgan va tadbir oldidan doʻkon hodimlari ishtirokchilar uchun kiyim-kechak namoyishini oʻtkazishgan. „The Daily Telegraph“ gazetasida taʼkidlanganidek: „Derazalardan oq koʻylaklar koʻzga tashlanadi. Mitingda binafsha va yashil rangdagi liboslar aksessuarlari koʻp“[5]. Tadbirdan ikki kun oldin 10 000 dan ortiq sharflar har biri ikki shilling va oʻn bir pensga sotilgan. Erkaklar rang-barang galstuk taqishgan[6].

Doroti Radkliff yetti guruh oldida binafsha, oq va yashil bayroqni koʻtarib turibdi[7].

Boshqa ishtirokchilar orasida SSylvia Pankhurst, Maud Pember Reeves, Mary Gawthorpe, Ethel Snowden, Keir Hardie,[6] Louie Cullen[8] Hanna Sheehy-Skeffington, George Bernard Shaw, H. G. Wells, Thomas Hardy va Israel Zangwill bor edi[4][9][10]. Aytishlaricha, 300 000 tomoshabin 700 nafar ishtirokchilarning qoʻlda yasalgan bannerlarini tomosha qilishgan. „The Daily Telegraph“ gazetasida shunday deb taʼkidlanadi: „Hech qachon Londonda siyosiy paradga guvoh boʻlish uchun bunchalik katta olomon toʻplanmagan edi“[7]. „Standart“ gazetasida taʼkidlanishicha: „Birinchidan to oxirigacha bu ajoyib uchrashuv boʻlib, dadil oʻylab topilgan, sahna koʻrinishi ajoyib tarzda boshqarilgan va muvaffaqiyatli oʻtkazilgan miting boʻldi. Hyde Park hech qachon bunchalik koʻp odamlarni koʻrmagan boʻlsa kerak“[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saylov huquqining koʻtarilishi, 1912-yildan 1914-yilgacha AQShda Ayollar uchun saylov huquqi jarayoni, 1913-yil Vashingtonda saylov huquqi marshi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Holten 2003, s. 46.
  2. Holten 2003, s. 46; The Times, 22 June 1908, p. 9.
  3. Atkinson 2018, 1748, 1832.
  4. 4,0 4,1 4,2 Atkinson 2018, 1832.
  5. Tickner 1988, s. 93.
  6. 6,0 6,1 Tickner 1988, s. 94.
  7. 7,0 7,1 „Museum of London | Free museum in London“. collections.museumoflondon.org.uk. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  8. „Louie Cullen—part one“ (en). www.nla.gov.au. 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  9. „Crowds in Hyde Park on Women's Sunday: 1908“ (Wayback Machine saytida 2020-09-22 sanasida arxivlangan), Museum of London.
  10. Bloom, Christina. „Suffragettes in Hyde Park on Women's Sunday; 1908“ (Wayback Machine saytida 2020-08-12 sanasida arxivlangan), Museum of London.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Atkinson, Diane. Rise Up Women!: The Remarkable Lives of the Suffragettes. London: Bloomsbury Publishing, 2018. 
  • Holten, Sandra Stanley. Feminism and Democracy: Women's Suffrage and Reform Politics in Britain, 1900–1918. Cambridge: Cambridge University Press, 2003. 
  • Tickner, Lisa. The Spectacle of Women: Imagery of the Suffrage Campaign 1907–14. Chicago: University of Chicago Press, 1988. 
  • Pethick-Lawrence, Emmeline. My Part in a Changing World. London: Victor Gollanz, 1938. 
  • Purvis, June (1995). "The prison experiences of the suffragettes in Edwardian Britain". Women's History Review 4 (1): 103–133. doi:10.1080/09612029500200073. 

Qoʻshimcha oʻqish[tahrir | manbasini tahrirlash]