Vikipediya munozarasi:WikiAyollar/2023

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishtirok etish tartibi[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum hurmatli Kagansky! Men mazkur loyihada ishtirok etmoqchi edim. Loyiha shartlari va yaratiladigan maqolalarni qaysi oynaga (jadval, dashboard yoki fountain) joylashlik xususida kengroq maʼlumot bersangiz. Shuningdek, roʻyxatda keltirilmagan, ammo mavzu doirasida boʻlgan boshqa turli maqolalarni yaratish xususidagi talablarni ham tushuntirib berishingizni soʻragan boʻlar edim. PanPanChik #yozish 05:21, 14-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Loyihada faqatgina marafonning bosh sahifasida koʻrsatilgan 40 ta maqolalargina ishtirok etadi. Ularning roʻyxati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi vakili tomonidan berilgan. Maqsad Vikipediyada shu 40 ta mavzu boʻyicha mukammal maqolaning boʻlishi. Shulardan tashqari maqola yaratish talab etilmagan. Eng yaxshi hissa qoʻshgan ishtirokchilar gʻoliblikka maqolalar tarixi va qoʻshgan sifatli hissasiga qarab aniqlanadi. — Kagansky munozara 05:54, 14-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Tushunarsizliklar[manbasini tahrirlash]

Roʻyxatda berilgan ayrim maqolalar nazarimda xato berilgan, masalan Bezorilik maqolasi enwikidagi en:Hooliganism maqolasiga ulangan lekin tarjima uchun berilgan maqolalar en:Bullying, ru:Травля maqolalari esa oʻzbekchada umuman mavjud emas. Shuningdek, Ayollar marshi maqolasi ham en:Women's March nomli maqolalar berilgan roʻyxatchaga ulangan. Uning ichidagi aynan qaysidir maqolani yaratish kerakligi haqida aytib oʻtilmagan. Shu holatlarga oydinlik kiritilishini soʻragan boʻlar edim. PanPanChik #yozish 05:14, 23-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]