Vikipediya:WikiAyollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA 2022 2023
„WikiAyollar“ loyihasi

„WikiAyollar“ loyihasi — oʻzbekcha Vikipediyada ayollar bilan bogʻliq mavzularni, xususan, ayollarning huquqlari, jamiyatdagi oʻrni hamda faoliyatini yoritish maqsadida WikiStipendiya marafoni doirasida yoʻlga qoʻyilgan. Loyihada barcha jins vakillari qayerda yashashlaridan qatʼi nazar ishtirok etishlari mumkin. Loyihada qatnashishni istaysizmi, yoʻqmi, sizga xush kelibsiz, deymiz!

Loyihaning maqsadi — Vikipediyada ayollar haqidagi kontentni koʻpaytirish hamda loyihada ayollar qarashlariga teng salmoq berilishiga hissa qoʻshish. Inglizcha Vikipediyada biografiyalarning atigi 17 foizi ayollar haqidadir. Oʻzbekcha Vikipediyada esa vaziyat bundan-da yomon. Shuningdek, loyiha doirasida sanʼatkor ayollar, ularning asarlari, jumladan, yozgan kitoblar, chizgan rasmlari, ilmiy kashfiyotlari hamda tuzgan tashkilotlari haqida kontent yaratishni koʻzlaydi.

Eng avvalo bu loyiha ayollar haqida yangi maqola yaratishga hamda mavjud maqolalarni yaxshilash uchun yoʻlga qoʻyilgan. Vikipediyada ayollar biografiyalari, ishlari hamda qarashlari teng yoritilishini taʼminlash maqsadida inglizcha Vikipediyada Qizildagi ayollar (inglizcha: Women in Red) loyihasi yaratilgan. Loyiha Vikipediyaga kiritilmagan ayollar haqida maqola yaratishni, yaʼni qizil rangdagi (maqola mavjud boʻlmagani uchun) ichki havolalarni koʻkartirishni koʻzlaydi. Oʻzbekcha Vikipediyada ham Ayollar vikiloyihasi doirasida bu tashabbusning muqobilini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar[manbasini tahrirlash]