Agnoziya
Jump to navigation
Jump to search
Agnoziya (yun. a – inkor qo‘shimchasi, gnosis – bilish) – fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega bo‘lmaslik; bunda bemor sezgi a’zolari bilan narsalarni idrok qilolmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining ayrim qismlari zararlanganida kuzatiladi. Ko‘rish, eshitish, sezgi-taktil A. si va boshqa mavjud. Ko‘rish A. sida bemor so‘zlarni o‘qiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish A.si (ruhiy karlik)da tanish tovushlar (parovoz ovozi, qo‘ng‘iroq jarangi, suvning shovullashi va hokazo)ni bemor aniqlay olmaydi, shuningdek aytilgan so‘zlarning ma’nosiga tushunib yetmaydi. Sezgi-taktil A.sida bemor o‘zi ushlab turgan narsasining nima ekanligini aytib berolmaydi va hokazo
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |